Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «Shanxay Shenxua» Igaloni «Manchester Yunayted»dan qaytarmoqchi

«Shanxay Shenxua» Igaloni «Manchester Yunayted»dan qaytarmoqchi

Автор: admin

«Manchester Yunayted» hujumchisi Odion Igalo yana Xitoyga qaytishi mumkin.
«Shanxay Shenxua» klubi 30 yoshli nigeriyalikni 30 iyunga qadar inglizlarga ijaraga bergan. Ayni paytda APL o‘yinlari koronavirus pandemiyasi tufayli to‘xtatilgan. «Manchester Yunayted» uning ijarasi muddatini uzaytirmoqchi. 
Sky Sports xabariga ko‘ra, «Shanxay Shenxua» Igaloni ijaradan qaytarmoqchi. Xitoyliklar uning 20 mln funtlik transferi to‘liq sotib olingan taqdirda APL klubida qolishiga rozi. 
Igalo xizmatiga «Nyukasl» klubi ham qiziqish bildirmoqda. Futbolchining o‘zi «Manchester Yunayted»da qolishni istayapti.
Igalo bilan «Shanxay Shenxua» o‘rtasidagi shartnoma 2022 yil dekabr oyigacha mo‘ljallangan. Xitoyliklar uni 2024 yilgacha uzaytirib, oyiga 400 ming funt maosh taklif qilishni rejalashtirmoqda.


104   
Добавить комментарий
Ваше имя: *