Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Real» mashg‘ulotlarni boshladi, safga qaytganlar bor

«Real» mashg‘ulotlarni boshladi, safga qaytganlar bor

Автор: admin

Madridning «Real» klubi nihoyat ikki oylik majburiy tanaffusdan keyin o‘z qarorgohlarida mashg‘ulotlarga kirishdi, deya xabar bermoqda klub rasmiy sayti.
Koronavirus pandemiyasi sababli ikki oydan ko‘proq vaqt karantinda bo‘lgan jamoa a’zolarining eng avvalo jismoniy holatini tiklashga e’tibor qaratilmoqda.
Futbolchilar orasida jarohatidan tuzalib safga qaytgan Marko Asensioni ham ko‘rish mumkin. Ispaniyalik yarimhimoyachi tizzasidan olgan og‘ir jarohati sabab uzoq vaqt davomida maydonga tusha olmayotgandi. Garet Beyl ham jamoa bilan birga shug‘ullanmoqda.
Ma’lumot uchun, «Real» La Ligada peshqadam «Barselona»dan ikki ochko ortda qolib, 2-o‘rinda bormoqda. Oldinroq chempionatning 12 iyun kuni boshlanishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.



82   
Добавить комментарий
Ваше имя: *