Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Real» maoshni qisqartiradi: eng ko‘p zarar ko‘radigan futbolchilar aniq bo‘ldi

«Real» maoshni qisqartiradi: eng ko‘p zarar ko‘radigan futbolchilar aniq bo‘ldi

Автор: admin

«Real» rahbariyati 2020/2021 yilgi mavsumda futbolchilarning maoshlarini 30 foizga qisqartirishni rejalashtirmoqda.

Koronavirus pandemiyasi boshlanganidan so‘ng madridliklar ushbu mavsumda o‘yinchilar, murabbiylar va xodimlarning maoshlarini 10%ga kamaytirgan edi. Ammo bu chora klubning moliyaviy ahvolini o‘nglash uchun yetarli bo‘lmadi. Shu bois, klub yanada keskinroq chora qo‘llashga majbur bo‘lmoqda.

«Real» ushbu mavsumda 822 mln yevro daromad olishni rejalashtirgan edi. Hozirga sharoitda esa jamoa kamida 165 million yevro zarar ko‘radi. «Real» birinchi jamoa maoshlarini 30%ga qisqartirganidan keyin 85 mln. yevro miqdorida pul tejaydi. Shu bois, eng ko‘p maosh olayotgan futbolchilar — Serxio Ramos va Garet Beylning maoshi 14,5 mln. yevrodan 10 mln. yevroga tushib qoladi.
Manba: sport24.ru

98   
Добавить комментарий
Ваше имя: *