Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Laporta «Barselona» prezidentligiga qaytsa, bosh murabbiylikka kimni olib kelishi ma’lum

Laporta «Barselona» prezidentligiga qaytsa, bosh murabbiylikka kimni olib kelishi ma’lum

Автор: admin

«Barselona»ning sobiq prezidenti Xoan Laporta klub rahbarligi uchun o‘tadigan 2021 yilgi saylovlarda qatnashishini e’lon qildi hamda unda g‘alaba qozonsa, jamoa bosh murabbiyligiga Gvardiolani qaytarishni istashini aytdi.

«Gvardiolaning «Barselona»ga qaytishini juda xohlayman. Ammo Pep hozir «Manchester Siti»ni boshqarmoqda. Qarorni o‘zi qabul qilishi kerak. Gvardiola – «Barselona» uchun yaralgan murabbiy. Kataloniyaliklar uning jamoaga qaytishini istashadi», – deb Laportaning so‘zlarini keltiradi COPE.
Ma’lumot uchun, Laporta 2004 yildan 2010 yilgacha «Barselona» prezidenti bo‘lgan. Uning davrida klub 4 bor La Ligada, 2 marta Chempionlar Ligasida g‘olib bo‘lgan.


72   
Добавить комментарий
Ваше имя: *