Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Van Deyk: «16 yoshimda jamoadan chetlatilishim mumkin edi»

Van Deyk: «16 yoshimda jamoadan chetlatilishim mumkin edi»

Автор: admin

«Liverpul» himoyachisi Virjil van Deyk bolaligida «Villem II» klubi akademiyasidan haydalishga yaqin kelgani haqida gapirdi. 
«Men «Villem II» akademiyasida 10 yil o‘ynadim. 16 yoshligimda keyingi yosh toifasiga o‘tishim so‘roq ostida edi. Yaxshi o‘yinchi emasdim va ko‘p vaqtni zaxirada o‘tkazardim. 
Yozda jiddiy tarzda ishladim, shundan keyin hammasi yaxshi bo‘ldi. U18 sardoriga aylandim. Afsuski, klub qarori bilan asosiy jamoada debyut qila olmadim. 
«Groningen»ga ko‘chib o‘tdim va bu mening futbolchi sifatida o‘sishimda katta qadam bo‘ldi. Bu jamoa bolaligimni to‘xtatib, erkak bo‘lishimga imkon berdi. Yaxshi mavsumlarni o‘tkazdim. O‘sha paytlar rivojlanishim uchun muhim davrlar bo‘lgan», – deb van Deykning so‘zlarini keltiradi Sky Sports.


132   
Добавить комментарий
Ваше имя: *