Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Koutinyo «Barselona»da o‘ynab keta olmaganiga Messi aybdormi?

Koutinyo «Barselona»da o‘ynab keta olmaganiga Messi aybdormi?

Автор: admin

«Barselona» klubi sobiq yarim himoyachisi Ronald De Bur nima uchun Filippe Koutinyo kataloniyaliklar o‘yiniga moslashib keta olmagani haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

«Koutinyo shunday futbolchi ediki, «Liverpul»ning o‘yini u orqali tashkil etilgan edi. «Barselona»da esa u Messiga nisbatan kamroq ish bajarardi.

Gap shundaki, "Barsa"da hamma birgalikda yagona mashina sifatida ishlaydi. Agar mudofaa ishida bir futbolchi qatnashmasa, bu balki normal holat bo‘lishi mumkin. Agar klubda to‘pni yaxshi ko‘radigan ikki o‘yinchi bo‘lsa, jamoaning himoyasi zaiflashishi mumkin.

O‘ylashimcha, biz buni «Barselona»da kuzatdik. Jamoada bu ishni bajarishi mumkin bo‘lgan bir futbolchi bor. Bu — Messi. Jamoa unga moslangan. Klubning ikkita o‘yinchiga moslashishi esa qiyin masala.

Men Koutinyoni ajoyib futbolchi deb hisoblayman, ammo u ba’zida "boshqotirma"ga tushmasligi mumkin. U boshqa klubda ajoyib o‘ynab ketadi. Bu uning yomon o‘yinchi ekanini anglatmaydi. Agar "Barselona"da o‘ynab keta olmasangiz, bu sizning yomon ekaningizni anglatmaydi. Ba’zida sizning uslubingiz jamoa o‘yiniga mos kelmasa, ba’zida omadingiz kelmaydi. Ba’zida esa siz bajaradigan vazifani Messi bajarsayu, siz o‘zingizga uncha mos kelmagan boshqa vazifani bajarishingizga to‘g‘ri kelsa, bu ham omadsizlik», — dedi De Bur.
Manba: sport24.ru

106   
Добавить комментарий
Ваше имя: *