Goal24.uz » Yevropa jamoalari » «Barselona», «Manchester Siti» va «Inter» uch tomonlama transfer ustida ishlamoqda

«Barselona», «Manchester Siti» va «Inter» uch tomonlama transfer ustida ishlamoqda

Автор: admin

«Barselona» klubi «Inter» hujumchisi Lautaro Martines transferi ustida ishlamoqda.

Corriere dello Sport xabariga ko‘ra, «ko‘k-anorranglilar» uch tomonlama bitim orqali uni qo‘lga kiritishmoqchi.
Bunda «Barselona» himoyachisi Nelson Semedu «Manchester Siti»ga yo‘l oladi. O‘z navbatida «shaharliklar» Joau Kanseluni «Inter»ga berishadi. Martines esa «Barselona» tarkibini to‘ldiradi. Bu bilan ispaniyaliklar uning transfer qiymatini keskin pasayishiga erishmoqchi.
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoasi tarkibini Semedu bilan to‘ldirishni istayapti. Kanselu esa avval «Inter» tarkibida o‘ynagan va jamoaga yaxshi tanish. Bu omillar uch tomonlama bitimning imzolanish ehtimolini oshirishi mumkin.


82   
Добавить комментарий
Ваше имя: *