Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Barselona»ning yangi futbolchisi koronavirusga chalindi

«Barselona»ning yangi futbolchisi koronavirusga chalindi

Автор: admin

"Valyadolid" yarim himoyachisi Mateus Fernandes koronavirusga chalindi, deya xabar tarqatdi "Mundo Deportivo" nashri.

Braziliyalik futbolchi topshirgan test musbat natija berdi. Shu bois, u o‘zini yakkalash hayot tarziga o‘tdi. Shuningdek, "Valyadolid"ning yana bir futbolchisi Oskar Planoda ham infeksiya aniqlandi.

Ma’lumot o‘rnida. "Barselona" yanvar oyida Mateus Fernandes "Palmeyras" klubidan 7 mln yevroga sotib olib, uni "Valyadolid"ga ijaraga bergan edi. 21 yoshli futbolchi bu klub safida hali birorta o‘yinda maydonga tushishga ulgurmagan edi.
Manba: soccernews.ru

122   
Добавить комментарий
Ваше имя: *