Goal24.uz » Jahon » Futbol yulduzlari debyut vaqtlarida qanday ko'rinishgan?

Futbol yulduzlari debyut vaqtlarida qanday ko'rinishgan?

Автор: admin

Bugungi qaxramonlarimiz faoliyatlarining ilk yillarida u qadar ko'p gol urmagan, ajoyib seyvlar amalga oshirmagan, aqlbovar qilmas to'p uzatishlari amalga oshirmagan va qaxramonlarcha "podkat"lar tashlab, so'nggi daqiqalarda gol urib jamoasini qutqarib qolmagan. Ularning deyarli barchasi avvaliga juda oz daqiqalarga qanoat qilishlari lozim edi.
Bugun siz bilan zamonamiz yulduzlarining debyutlari va o'shanda qanday ko'rinishda bo'lganliklari haqida gaplashamiz.
Etibor bering: futbolchilarning ilk bor rasmiy uchrashuvda maydonga tushgan sanalari ko'rsatilgan.
Lionel Messi, 17 yosh ("Barselona")
Debyut: 
16.10.2004
Messining professional futboldagi debyuti Primeraning 7-turiga to'g'ri keldi. O'yinning 82-daqiqasida "Barselona" safarda "Espanol"ni mag'lub etayotgan, yagona gol muallifi Deku zaxira o'rindig'i tomon yo'l olgan, 17 yoshli argentinalik vunderkind portugaliyalikni o'rnini egallashi kerak edi. Biroq qolgan kam vaqtda u hech qanday esda qolarli harakatni amalga oshirmadi. Lekin keyin nimalar bo'lganini barchangiz bilasiz.
Krishtianu Ronaldu, 17 let («Sporting»)
Debyut
: 14.08.2002

Rasmiy uchrashuvda ilk bor maydonga tushishidan bir yil avval Krishtianu "Sporting" safida o'rtoqlik uchrashuvida Lissabonning boshqa bir klubi "Atletikka" qarshi maydonga tushadi va gol urishga muvaffaq bo'ladi. Keyingi mavsum boshida portugaliyalik nihoyat asosiy jamoda imkoniyatga ega bo'ladi. Laslo Boloni yosh Ronalduga ishonch bildiradi va ECHLda "Inter"ga qarshi bellashuvda maydonning oxirgi yarim soatida maydonga tushadi. SHunday bo'lsada, Krishtianu jamoasi gol urishida yordam bera olmaydi va o'yin 0:0 hisobida yakunlanadi.
Neymar, 17 let ("Santos")
Debyut: 07.03.2009

"Santos" bilan tovon puli 45 mln qilib belgilangan shartnoma imzolaganidan bir yil o'tib, braziliyalik klubning asosiy jamoasida debyut o'yinida maydonga tushdi. Paulista Ligasi "Oeste"ga qarshi bellashuvda u kolumbiyalik yarim himoyachi Maurisio Molinaning o'rniga tushgan. Gol ura olmagan bo'lsada, Neymar oradan bir hafta o'tib, "Moji-Mirin"ga qarshi o'yinda o'z ismini tabloga yozdirib qo'yadi. Musobaqa yakunlangach Neymar hatto chempionatning eng yosh yaxshi futbolchisi deb topiladi.
Kilian Mbappe, 16 yosh ("Monako")
Debyut: 02.12.2015Leonardo Jardim iqtidorli futbolchini ilk bor "Monako" asosiy tarkibida Liga 1 ning 16-tur o'yinida "Kan"ga qarshi maydonga tushiradi. Mbappe maydonga bor yo'g'i 88-daqiqada tushadi va shu sabab o'zini ko'rsatishga ulgurmaydi. Lekin oradan bir hafta o'tib Kilianga Evropa Ligasi doirasida "Tottenxem"ga qarshi bellashuvda golli uzatma amalga oshirish uchun 35 daqiqa etarli bo'ldi.

Zlatan Ibragimovich, 17 yosh («Malmyo»)
Debyut: 19.09.1999

"Malmyo"ning asosiy jamoasida Zlatan SHveciya chempionati doirasida "Xalmstad"ga qarshi o'yinda ko'rinish beradi. Keyinroq hujumchi debyutini shunday tariflagan, hisob 1:2 raqib oldinda borayotgandi, Roland (Roland Andersson, "Malmyo" bosh murabbiyi) meni maydonga tushishimni aytdi. Hamma tushkunlikka tushib bo'lgandi va men ulkan ishtiyoq, adrenalin bilan o'yinga qo'shildim. Futbolkamda Ibragimovich deb yozib qo'yilgan va huddi meni hech kim to'xtata olmaydigandek edi. Men birinchi imkoniyatdayoq darvozaga zarba berdim, to'p to'singa tegib qaytdi". Katta ishtiyoq bo'lishiga qaramay, shved o'sha kuni jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qola olmagan.

Luis Suares, 18 yosh ("Nasonal")
Debyut: 03.05.2005

Urugvaylik forvard professional futbolda "Nasonal" safida debyut qiladi. Libertadores Kubogi gurux bosqichida Suares Kolumbiyaning "Xunior" jamoasiga qarshi o'yinda imkoniyatga ega bo'ldi. Bevosita o'zi samarali harakatlar amalga oshirmagan bo'lsada, jamoasi g'alabani qo'lga kiritadi – 3:2.

Moxamed Salah, 17 yosh ("Mokavlun")
Debyut: 03.05.2010

Ko'pchilik futbolchilar kabi professional faoliyatini Salah vatanida boshlagan. 2010 yil bahorida Moxamed mahalliy "Mokavlun" jamoasi safida Misr Premer-ligasi uchrashuvida maydonga tushadi. "Al-Mansuri" jamoasiga qarshi o'yinda (1:1) yosh futbolchiga bor yo'g'i 11 daqiqa imkoniyat beriladi.

Virdjil van Deyk, 19 yosh ("Groningen")
Debyut: 01.05.2011

"Groningen" akademiyasi tarbiyalanuvchisi van Deyk bosh jamoa tarkibida ilk bor 2011 yil 1 may kuni ko'rinish beradi. Eredivize navbatdagi tur uchrashuvida "Den Xaag"ni 72-daqiqaga kelib bitta to'p farqi bilan ortda qoldirayotgan "Groningen" murabbiy hisobni saqlab qolish uchun yarim himoyachi Peter Anderssonning o'rniga van Deykni o'yinda tashlaydi. Virjil o'z vazifasini yaxshi uddalaydi va jamoasi boshqa gol qo'yib yubormaydi. O'yin esa 4:2 hisobida yakunlanadi.

Pol Pogba, 18 yosh ("Manchester Yunayted")
Debyut
: 20.09.2011

Pogba professional futbolda yarim yil avval debyut qilishi mumkin edi. Aleks Fergyuson 2011 yil fevral oyida Angliya Kubogida "Krouli Taun"ga qarshi o'yinda francuzni qaydnomaga kiritadi. Lekin o'sha o'yinni Pol faqatgina zaxira o'rindig'idan tomosha qiladi. Uzoq kutilgan debyut sentyabr oyiga to'g'ri keldi, tanaffusgacha javobsiz 3ta gol urgan "MYU" ortiqcha muammosiz "Lids"ni mag'lub etayotgandi, shuning uchun Fergyuson Pogbani tanaffusdan keyinoq maydonga tushiradi. Rayan Giggzni almashtirgan Pogba o'sha o'yinda samarali harakatlari bilan yodda qolmaydi.

Robert Levandovski, 18 let ("Znich")
Debyut: 2006 yil

Levandovskining debyuti aniq sanasini aytish mushkul. Ilk qadamlarini Robert polyak futbolining "podvallarida" boshlagan. Bu borada statistik malumotlar unchalik ko'p emas. Malum bo'lgani shuki, "Legiya 2"dagi omadsiz davrdan keyin forvard 2006 yil yozida uchinchi divizion vakili "Znich" safiga qo'shiladi va professional futboldagi debyutini o'tkazadi. 15 avgust kuni Robert ilk bor Polsha Kubogida maydonga tushadi. 1/32 finalda Levandovski "Mragoviya" darvozasini ishg'ol qiladi va jamoasi 4:1 hisobida zafar quchadi.

Eden Azar, 16 yosh ("Lill")
Debyut: 24.11.2007

Azarning professional futboldagi debyuti Liga 1 15-turiga to'g'ri keldi. O'shanda maydonga "Lill" va "Nansi" tushgan, Eden esa oxirgi 12 daqiqada harakat qilgandi. Yosh belgiyalikning maydonga tushishi deyarli hech nimani o'zgartirmadi, hisob 0:2 holida qoldi.

Antuan Grizmann, 18 yosh ("Real Sosedad")
Debyut: 02.09.2009

"Real Sosedad" akademiyasi tarbiyalanuvchisi Ispaniya Kubogida maydonga tushadi. Turnirning ikkinchi raundida "Rayo Valekano"ga qarshi uchrashuvda Grizmann 79-daqiqada maydonga tushiriladi (0:1), biroq "Sosedad" yana bitta gol qo'yib yuboradi va Kubokdan chiqib ketadi.

David de Xea, 18 yosh("Atletiko")
Debyut
: 30.09.2009

"Atletiko" oxirgi yillarda jahon futboliga ko'plab kuchli darvozabonlarni taqdim etgani sir emas. SHulardan yana biri de Xeaning debyuti asosiy posbon Roberto jarohati sabab amalga oshadi. Ispaniyalik posbon jarohat olib ECHL doirasida "Portu"ga qarshi o'yinning birinchi bo'limidayoq maydonni tark etishga majbur bo'ladi. O'yin oxirida 2ta gol qo'yib yuborgan va "Atletiko" mag'lub bo'lgan bo'lsada, de Xea o'zini yaxshi tomondan ko'rsata oldi. O'yin davomida u 6ta seyv amalga oshirdi. 

Raxim Sterling, 17 let («Liverpul»)
Debyut
: 24.03.2012

Raxim Sterling debyuti "Liverpul"da Kenni Dalglish qo'l ostidagi davrga to'g'ri kelgan. Yosh ingliz maydonga APLning 30-turi doirasida "Uigan"ga qarshi o'yinda 84-daqiqada tushirilgan. Sterling Dirk Kyuytni almashtirgan pallada "Liverpul" 1:2 hisobda ortda qolayotgandi. Hisobni o'zgarishiga erisha olmagan bo'lsada, Sterling o'zi uchun ajratilgan 10 daqiqani faol o'tkazadi. Raxim zarba berishga, raqiblarini aldamchi harakatlar bilan ortda qoldirishga va sheriklari uchun qulay vaziyat yaratishga muvaffaq bo'ldi. 

Kevin De Bryuyne, 17 yosh ("Genk")
Debyut
: 09.05.2009


Kevin uchun debyut omadsiz chiqqan. Aniqrog'i jamoasi "Genk" Belgiya chempionatining 33-turida "SHarlerua" mag'lub bo'lgan — 0:3. De Bryuyne maydonga bor yo'g'i 81-daqiqada tushadi va vaziyatni o'zgartira olmaydi.

Serxio Ramos, 17 yosh ("Sevilya")
Debyut
: 01.02.2004


Professional faoliyatini Serxio Ramos qanot futbolchisi sifatida boshlagani ko'pchilikning yodida bo'lsa ajab emas. Ilk bor "Sevilya" himoyasining o'ng qanotini ispaniyalik 2004 yil fevral oyida egallagan. O'shanda Ramos jamoasi "Deportivo"ga yutqazib qo'ygan (0:1), Serxio esa maydonda 26 daqiqa harakat qilgan.
488   
Добавить комментарий
Ваше имя: *