Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Real» slovakiyalik futbolchiga yirik shartnoma taklif qilmoqda

«Real» slovakiyalik futbolchiga yirik shartnoma taklif qilmoqda

Автор: admin

Madridning «Real» klubi Italiyaning «Inter» klubi himoyachisi Milan Shkrinyarga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda transfermarketweb portali xabar tarqatmoqda.
Manbaning yozishiga qaraganda, «qaymoqranglilar» slovakiyalik futbolchiga yiliga 10 million yevroni o‘z ichiga oladigan maoshli shartnoma tayyorlab qo‘yishdi. Tassoqlash uchun, Shkrinyar «Inter» klubida yiliga 3 million yevro maosh oladi.
«Real» Shkrinyarni shu yilning yozida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Ushbu transfer uchun Angliyaning «Manchester Siti» klubi ham kurash olib bormoqda.

81   
Добавить комментарий
Ваше имя: *