Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » «Milan» Ibrahimovichning o‘rniga Rossiyadan hujumchi topdi

«Milan» Ibrahimovichning o‘rniga Rossiyadan hujumchi topdi

Автор: admin

«Zenit» hujumchisi Artyom Dzyubaga «Milan» qiziqish bildirmoqda. Calciomercato tarqatgan xabarga ko‘ra, "rossoneri" yozda jamoani tark etadigan Zlatan Ibrahimovichning o‘rniga rossiyalik futbolchini olib kelmoqchi.

Yozda erkin agentga aylanishi kutilayotgan Dzyuba sankt-peterburgliklar bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishilgani aytilmoqda. Shu bois, «Milan» Artyomni bepul qo‘lga kiritish uchun imkon qadar tezroq 31 yoshli futbolchiga yaxshiroq shartnoma taklif qilishi kerak.

Dzyuba ushbu mavsumda «Zenit» safida barcha musobaqalar doirasida 28ta o‘yinda maydonga tushib, 15ta gol urdi va 12ta golga uzatma berdi.
Manba: sport24.ru

84   
Добавить комментарий
Ваше имя: *