Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Venger «Arsenal»ning qishki transferlar oynasidagi eng yaxshi xaridini aytdi

Venger «Arsenal»ning qishki transferlar oynasidagi eng yaxshi xaridini aytdi

Автор: admin

«Arsenal»ning sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger London klubida ishlagan davrlarida qishki transferlar oynasidagi eng yaxshi xaridi kim bo‘lganini aytdi.
«Bu oson savol emas. «Arsenal»dagi 20 yillik faoliyatim bo‘yicha aytsam, Kanu qishning eng yaxshi transferi bo‘lgan. U mavsum o‘rtasida kelib, jamoa o‘yiniga katta ta’sir ko‘rsatgan. U ajoyib o‘yinchi edi», – deb Vengerning so‘zlarini keltiradi beIN Sports.
Kanu «Arsenal»ga 1999 yil fevralida «Inter»dan o‘tgan va 2004 yilgacha jamoada harakat qilgan. U «to‘pchilar» safida barcha turnirlar doirasida 195ta o‘yin o‘tkazib, 43ta gol urgan va 23ta golga assistentlik qilgan.
Ta’kidlanishicha, bu borada «Arsenal»ning ko‘pchilik  muxlislari boshqacha fikrda. Ular 2018 yil boshida «Borussiya» Dortmunddan kelib qo‘shilgan hujumchi Per-Emerik Obameyangni qishning eng yaxshi transferi deb hisoblashadi.


86   
Добавить комментарий
Ваше имя: *