Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » "Napoli" Kulibaliga o‘rinbosar topdi

"Napoli" Kulibaliga o‘rinbosar topdi

Автор: admin

"Fiorentina" klubi himoyachisi Nikola Milenkovich faoliyatini "Napoli"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Gazzetta dello Sport nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, neapolliklar 22 yoshli serbiyalik futbolchini "Manchester Yunayted" va “Liverpul” klublaridan biriga o‘tishi kutilayotgan senegallik himoyachisi Kalidu Kulibali o‘rniga munosib ko‘rmoqda.
Bundan avvalroq esa Milenkovichga “Manchester Yunayted” va “Barselona”dan ham qiziqishlar borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Nikola Milenkovich joriy mavsum “Fiorentina” safida jami 29 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol urdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.


91   
Добавить комментарий
Ваше имя: *