Goal24.uz » Yevropa jamoalari » “Yuventus” va “Tottenhem” futbolchilarini almashtirishi mumkin

“Yuventus” va “Tottenhem” futbolchilarini almashtirishi mumkin

Автор: admin

Qayd etilishicha, “shporlar”ning o‘ng qanot himoyachisi Serj Orye Turinga, turinliklarning chap qanot vakili Aleks Sandro esa Londonga yo‘l olishi kutilmoqda.
Tomonlar transfer masalasini tez orada muzokara qilishi ta’kidlanmoqda.
Bundan tashqari “Tottenhem” “Atalanta” himoyachisi Timoti Kastan hamda PSJ vakili Toma Menye nomzodini ham ko‘rib chiqmoqda. Qayd etish joiz, Menye yozda erkin agentga aylanadi.
Ma’lumot uchun, Serj Orye joriy mavsum Angliya Premyer Ligasida 24 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va oltita golli uzatmani amalga oshirdi. Aleks Sandro esa A Seriyada 22 ta o‘yinda harakat qilib, uchta golga hammuallif bo‘ldi.
108   
Добавить комментарий
Ваше имя: *