Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin

Arsenal” Eray bilan qiziqmoqda
 
Londonning “Arsenal” klubi yozda “Bazel” himoyachisi Eray Djamert bilan shartnoma imzolashi mumkin.
“Fanatik” nashri bergan xabarlarga qaraganda, 22 yoshli futbolchi uchun “Kononirlar” “Bazel” istagan summani to‘lashga tayyor. Manbaning ma’lum qilishicha, shvetsariyalik futbolchining hizmatlari bilan shuningdek “Galatasaray” jamoasi ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.
E’tiborlisi shundaki, Djamert yosh bo‘lishiga qaramay, o‘zining professional futboldagi 5 mavsumini o‘tkazmoqda. Bu mavsumda qahramonimiz 20 ta uchrashuvda maydonga tushdi va ikkita golga mualliflik qildi.
Tonali uchun kurash avjida
 
Ikkinchi Pirlo deb ta’riflanayotgan Sandro Tonali uchun kurash qizg‘in ko‘rinish olmoqda.
“Sky Italia” nashri bergan xabarlarga qaraganda, “Inter” yarim himoyachi uchun kurashda yaqqol fovorit bo‘lib turibdi. Vaholanki, Sandro uchun kurashda “Barselona”, “Milan”, “Yuventus” singari top jamoalar mavjud.
Manbaning ma’lum qilishicha, 20 yoshli futbolchi shaxsiy shartnoma borasida “Inter” bilan kelishib olishga ham muvaffaq bo‘lgan. Endi, klublar o‘zaro kelisha olsa, Tonali “Inter” futbolchisiga aylanadi.
Liverpul” himoyachi izlamoqda
 
Angliyaning “Liverpul” klubi tez orada jamoani tark etishi kutilayotgan Deyan Lovrinning o‘rnini to‘ldirishga qodir futbolchi izlashni boshlab yubordi.
Marca nashri bergan xabarlarga qaraganda, “mersesayidliklar” nishonida “Espanyol” markaziy himoyachisi Leandro Kabrere turibdi. Aslida, urugvaylik futbolchini kataloniya klubi qishda “Xetafe”dan 9 million yevroga sotib olgan edi. Shunga qaramay, “Liverpul” Kabrere uchun “Espanyol”ga 18 million yevro taklif qilmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, 28 yoshli futbolchi bu mavsumda “La Liga”ning 28 ta uchrashuvida maydonga tushdi va 2 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
O‘zil qoladimi?
 
Londonning “Arsenal” jamoasi yarim himoyachisi Mesut O‘zil “Arsenal” bilan yangi shartnoma imzolmaydigan bo‘ldi.
Bu haqida futbolchining agenti Erkut Sogut ma’lum qilmoqda. Uning aytishicha, futbolchi “Arsenal” bilan o‘rtadagi shartnoma yakuniga qadar “koninirlar” safida to‘p suradi va jamoani erkin agent maqomida tark etadi.
Katta ehtmol bilan futbolchining keyingi klubi “Fenerbahche” jamoasi bo‘lishi kutilmoqda. Ayni damda, Erkut Sogutning “konoreykalar” rahbarlari bilan muzokaralar olib borayotgani haqida bir nechta turk nashrlari avvalroq xabar bergan edi.
“Daxshatli almashinuv”
 
Myunhenning “Bavariya” va Angliyaning “Manchester Siti” jamoalari yozda katta ayrboshlovni amalga oshirishi mumkin.
“Sky Germany” nashri bergan xabarlarga qaraganda, “shaharliklar’ faqat bir shart bilan Leroy Saneni “Bavariya”ga qo‘yib yuborishga rozi bo‘lishmoqchi. Unga ko‘ra, Sane Myunhen klubi o‘z vingeri Kingsli Komanni berishi talab etiladi.
“Siti” shu yo‘sinda, qanot vingerlari borasida muammolar paydo bo‘lmasligini ta’minlamoqchi. Agar “Bavariya” bu shartdan voz kechsa, “Siti” Sane uchun katta tavol puli so‘rashga majbu bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Koman bilan “Real Madrid” va “Barselona” klublari ham jiddiy qiziqqan edi.

151   
Добавить комментарий
Ваше имя: *