Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Setyen «Barselona» taktikasini o‘zgartirmoqchi

Setyen «Barselona» taktikasini o‘zgartirmoqchi

Автор: admin

Ispaniya chempionati qayta davom ettirilganidan keyin "Barselona" o‘zgacha taktikada o‘ynay boshlashi mumkin.

Setyen boshchiligidagi murabbiylar shtabi jamoaning so‘nggi 12ta o‘yinini tahlil qilib chiqdi. Mutaxassis o‘zining sevimli 3-1-4-2 taktik sxemasini joriy qilmoqchi. Kike markazda 5 nafar yarim himoyachi orqali to‘pni yaxshi nazorat qilish hamda hujumkor futbolni joriy qilish evaziga butun o‘yin davomida himoyaga tushadigan bosimni kamaytirmoqchi.

Luis Suaresning safga qaytishi esa Lionel Messining mushkulini oson qiladi. Urugvaylik o‘yinchining maydonga qaytganidan keyin murabbiy Antuan Grizmannga mos pozisiya topishiga to‘g‘ri keladi.
Manba: ua-football.com

80   
Добавить комментарий
Ваше имя: *