Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Germaniya » Holand «Real»ning qiziqishiga javob berdi

Holand «Real»ning qiziqishiga javob berdi

Автор: admin

Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Erling Holand boshqa jamoalarning qiziqishi haqida fikr bildirdi.
«Real»ning qiziqishi haqida? To‘g‘risini aytsam, boshqa klublarning menga qiziqish bildirayotganiga imkonqadar e’tibor qaratmaslikka, bu haqda o‘ylamaslikka harakat qilayapman. Bor e’tiborim mashg‘ulotlarga, o‘z ustimda ishlashga va «Borussiya» safida tezroq o‘yinlarga kirishishga qaratilgan», - deydi norvegiyalik hujumchi.
Ma’lumot uchun, qishki transfer oynasida «Borussiya» safiga 22 million yevro evaziga qo‘shilgan Holandning bugungi kundagi transfer bahosi 72 million yevroga baholanmoqda. 19 yoshli hujumchi Dortmund klubidagi 11 o‘yinda 12ta golga mualliflik qilgan.


141   
Добавить комментарий
Ваше имя: *