Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » «Yuventus» Pogba uchun «MYU»ga 3 yektakchisini taklif qildi

«Yuventus» Pogba uchun «MYU»ga 3 yektakchisini taklif qildi

Автор: admin

"Yuventus" klubi yozgi transfer paytida "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogbani qo‘lga kiritish uchun harakatlarni davom ettirmoqda. Bu haqda "La Gazzetta Dello Sport" xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, italiyaliklar futbolchi uchun yirik miqdorda pul to‘lashga tayyor emaslar. Shuning uchun ular Pogba evaziga o‘z yarim himoyachilari — Adriyen Rabyo, Federiko Bernardeski va hujumchi Duglas Kostani taklif qilishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Pol 2016 yilning yozida 105 million yevro evaziga "Yuventus"dan "Manchester Yunayted"ga o‘tgan edi.

27 yoshli futbolchi ushbu mavsumda 8ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta golga uzatma berdi. Uning mankunianliklar bilan shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar tuzilgan.
Manba: soccernews.ru

107   
Добавить комментарий
Ваше имя: *