Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Mutolaa uchun. Bekxem kimni eng yaxshisi deb atagan?

Mutolaa uchun. Bekxem kimni eng yaxshisi deb atagan?

Автор: admin


Devid Bekxem – 45 yoshda! Tug'ilgan kun esa Angliya termasi sobiq sardorining yakkakurashlarga bo'lgan qiziqishlarni eslab o'tish uchun yaxshi bahona. Bekxemning sportga bo'lgan asosiy motivatori Muhammad Ali bo'lgan, futbolchi u bilan bir necha tadbirlarda birga qatnashgan.
* * *
Muhammad va Devid ilk marta 1999 yili uchrashishgan - o'shanda BBC o'z talqiniga ko'ra yilning eng yaxshilarini aniqlagandi. SHu kuni fotograflar Muhammadning Devidga qo'l bilan zarbani berish uslubini ko'rsatayotgan payti rasmga tushirib olishgan. O'sha kuni bokschini ikki toifaga ko'ra taqdirlashgan: "Asr sport shaxsiyati" va "Asr sportchisi". Oradan bir yil o'tib, Bekxem ushbu etirofda ikkinchi o'rinni egalladi va u bu borada Lennoks Lyuisdan ortda qoldi.

"Mendan doimo hayotimda o'zim uchratgan eng yaxshi sportchi kimligini so'rashadi. Bu Muhammad Ali. U o'z hayoti uchun aqlbovar qilmas ishlarni amalga oshirgan.
Ringda va tashqarisidagi faoliyati - uning hayoti, uning karerasi - bu hayot uchun kurash. Ali - fantastik inson", - degandi Bekxem 2017 yilda.

Futbolchi va bokschi xayriya tadbirlari va ijtimoiy loyihalarda ko'p bora birga qatnashishgan. 2012 yili ular birgalikda "Alining sportdan tashqaridagi avlodi" sovrinini 19 yoshli afg'onistonlik yigit Mattyule Haydarga topshirishgan. U 2008 yili Buyuk Britaniyaga qochib kelgandi, shundan keyin u urushda ota-onasini yo'qotdi. Haydar o'shanda ingliz tilini ham bilmasdi, oradan vaqt o'tib u kriket loyihasida tarjimonga aylandi. Jamiyat oldidagi xizmatlari uchun Ali va Bekxem uni mukofot bilan taqdirladi, oradan biroz vaqt o'tib, Matyulle "Beyond Sport United" sovrinini topshirish uchun AQSHga jo'nab ketdi.

"Men uchun Alining yonida bo'lish va u nomi bilan atalgan mukofotni bir ajoyib yigitga topshirish katta faxr. Muhammad - butun dunyo uchun katta inson, u ko'pchilikning hayotini o'zgartirib yuborgan", - degandi Bekxem sovrin topshirish marosimida.
SHuningdek, Devid 2012 yili Muhammadning 70 yillik yubileyida ham qatnashdi. Bekxem 2016 yili Alining o'limidan keyin izoh yozgan birinchi insonlardan biri edi, u ushbu gaplarni Muhammadning iboralari bilan keltirdi.
"Ilojsizlik - bu shunchaki kichik insonlar tomonidan tashlab ketilgan katta so'z bo'lib, ular faqatgina o'zlariga berilgan dunyoda osongina yashashlari mumkin. Ilojsizlik - bu haqiqat emas. Ilojsizlik - bu hukm emas. Bu chaqiruv. Ilojsizlik - mangu emas. Ilojsizlik - bu hech nima", - degandi Devid.

Bekxem Alining dafn marosimiga uning oilasi tomonidan chaqirilgan kam sonli insonlardan biri bo'lgandi. Afsonaning dafn marosimi 2 kun - 10 va 11 iyun kunlari Luisvillda bo'lib o'tgan.
167   
Добавить комментарий
Ваше имя: *