Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » A Seriyaning davom ettirilish sanasi belgilandi

A Seriyaning davom ettirilish sanasi belgilandi

Автор: admin

A Seriya vakillarining umumiy yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda koronavirus pandemiyasi tufayli to‘xtatilgan chempionat taqdiri muhokama qilindi.
Klublar 13 iyundan boshlab qoldirilgan o‘yinlarni davom ettirishga ovoz berishdi. Bu sana Italiya hukumati qarorlari va futbolchilar xavfsizligini ta’minlash haqidagi protokollar asosida belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, 4 may kunidan boshlab Italiyada yakka tartibdagi mashg‘ulotlarga, 18 may kunidan umumiy guruhdagi mashg‘ulotlarga ruxsat berildi.
Italiya Yevropada koronavirus pandemiyasi o‘choqlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotiga ko‘ra, Italiyada koronavirus yuqtirib olganlar soni 221 mingdan oshgan, ulardan 31 mingga yaqini vafot etgan.
A Seriya o‘yinlari 10 mart kunidan beri to‘xtatilgan. Jamoalar 25-26ta o‘yin o‘tkazishgan. Jadvalda 63 ochko jamg‘argan «Yuventus» peshqadamlik qilmoqda. «Latsio» undan 1 ochko ortda qolgan holda ikkinchi bo‘lib turibdi. «Inter» hisobida 54 ochko, «Atalanta» hisobida 48 ochko bor.
Avvalroq, A Seriyada qat’iy tibbiy protokol qabul qilingani, agar bir futbolchida koronavirus aniqlansa, mavsum yana to‘xtatilishi haqida xabarlar tarqalgan edi.


97   
Добавить комментарий
Ваше имя: *