Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «Manchester Siti» Gvardiolani «Barselona»ga qo‘yib yubormaydi

«Manchester Siti» Gvardiolani «Barselona»ga qo‘yib yubormaydi

Автор: admin

«Manchester Siti» klubi bosh murabbiy Xosep Gvardiola xizmatidan voz kechmoqchi emas.
The Sun xabariga ko‘ra, klub rahbariyati ispaniyalik mutaxassisning «Barselona»ga qaytishiga ishonmaydi va u bilan hamkorlikni uzaytirmoqchi.
Avvalroq, «Barselona» prezidenti saylovida nomzodini qo‘yishga harakat qilayotgan Joan Laporta bosh murabbiylikka Xosep Gvardiolani qaytarmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.
49 yoshli Gvardiolaning «Manchester Siti» bilan imzolagan shartnomasi 2021 yil yozigacha mo‘ljallangan. Ammo «shaharliklar» uni uzaytirishga umid qilishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Gvardiola 2008-2012 yillarda «Barselona»ga bosh murabbiylik qilgan. Laporta esa 2003-2010 yillarda «Barselona» prezidenti bo‘lgan. Klub uning rahbarligida 14ta sovrinni qo‘lga kiritgan.


67   
Добавить комментарий
Ваше имя: *