Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Evropa grandlarining nazariga tushgan 18 yoshli futbolchi kim? U bo‘lajak yulduzmi?

Evropa grandlarining nazariga tushgan 18 yoshli futbolchi kim? U bo‘lajak yulduzmi?

Автор: admin

Evropaning bir qator top-klublari “Gerta”ning 18 yoshli yarim himoyachisi Lazar Samardzichga qiziqish bildirishmoqda.
Jumladan, "Yuventus", "Manchester Siti", "Atletiko", "Milan" singari klublar ushbu o‘yinchini diqqat bilan kuzatishmoqda.
“Transfermarkt.com” futbolchining transfer narxini atigi 450 ming evroga baholamoqda. Samardzichning “Gerta” bilan shartnomasi esa 2024 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Mutaxassislar esa uning imkoniyatlarini yuqori baholamoqdalar.
Futbolchi garchi asosiy jamoa bilan mashg‘ulotlarda ishtirok etayotgan bo‘lsa-da, hali ham debyutini o‘tkazmadi.
Samardzich U-19 bundesligada 16 ta o‘yinda 14 ta gol urdi va 9 ta assistni amalga oshirdi. O‘tgan mavsum U-17 chempionatida 15 ta o‘yinda "gol + pass" tizimida 26 ochko (16 + 10) to‘plagan.
106   
Добавить комментарий
Ваше имя: *