Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Messi Argentinani xavfsiz deb hisoblamayapti

Messi Argentinani xavfsiz deb hisoblamayapti

Автор: admin

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi faoliyatini Argentinada yakunlashdan xavfsiramoqda.
Bu haqda uning jiyani Maksimiliano Byankukki gapirib berdi.
«Biz argentinalikmiz, ildizimiz shu yerda otgan. Leo vatanini sevadi, ammo odamlar buni tushunmayapti. Unga xuddi ispaniyalikdek munosabat bildirishmoqda. U ta’tilni Argentinada o‘tkazadi, Rosario shahrida uylangan.
Agar Argentinada xavfsiz bo‘lganida, ishonchim komil, Leo faoliyatini shu yerda yakunlagan bo‘lardi. Buni o‘zi bilan muhokama qilmaganman. Ammo xavfsizlik masalasi uning qaytishiga jiddiy to‘siq bo‘lishi mumkin.
Messining «Nyuells Old Boyz»ga o‘tishi qiyin masala. Bolalar maktabga borishi kerak. Bu juda qo‘rqinchli shahar», – dedi Byankukki.
Avvalroq, Messi faoliyatini qadrdon klubi «Nyuells Old Boyz»da yakunlamoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.


92   
Добавить комментарий
Ваше имя: *