Goal24.uz » Foto lavhalar » Ibrahimovichni jarima kutmoqda (foto)

Ibrahimovichni jarima kutmoqda (foto)

Автор: admin

«Milan» hujumchisi Zlatan Ibrahimovich 9 may kuni Stokgolm shahri bo‘ylab o‘zining "Ferrari Monza SP 2" avtomobilini boshqarib, Shvesiya qonunchiligini buzdi.

38 yoshli futbolchi yo‘l harakati qoidalarini buzmadi, tezlikni oshirmadi, shunga qaramay, u jarima to‘laydi. Gap shundaki, u o‘zining yangi mashinasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazmagan edi. Ro‘yxatdan o‘tkazishning so‘nggi sanasi esa 30 mart yakunlangan edi. Shu bois, Zlatan "Ferrari"ni haydash huquqiga ega emas edi. U faqatgina eng yaqin inspeksiya idorasigacha yetib olishi mumkin edi.

Ibrahimovich narxi 1,5 million yevro turadigan mazkur avtomobilni 2019 yilning oktyabr oyida o‘zining tug‘ilgan kunida xarid qilgan edi. Bunday mashina bor-yo‘g‘i 500 dona ishlab chiqarilgan. "Ferrari Monza SP 2" avtomobilining maksimal tezligi  299,34 km/soatga teng.

Eslatib o‘tamiz, Ibrahimovich karantin paytida o‘z yurtiga yo‘l olgan edi. U 11 may kuni Italiyaga qaytib keldi.

Manba: sport24.ru

93   
Добавить комментарий
Ваше имя: *