Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » «Latsio» cheklovni buzdi, Italiya prokuraturasi barcha klublarni tekshiradi

«Latsio» cheklovni buzdi, Italiya prokuraturasi barcha klublarni tekshiradi

Автор: admin

Corriere della Sera xabariga ko‘ra, «Latsio» guruh mashg‘ulotlarini boshlab yuborgan. Vaholanki, bunga 18 may kunidan boshlab ruxsat berilgan, klublar faqat yakka tartibda mashg‘ulot o‘tkazishi lozim edi.
Rimliklar ustozi Simone Indzagi 3x3 formatida mini o‘yinlarni tashkil qilgan. Bunda mashg‘ulot maydoni o‘zgalardan sir saqlash uchun yashil setka bilan to‘sib qo‘yilgan.
Endi Italiya Futbol Federatsiyasi barcha klublarni tekshirishini e’lon qildi. Bu jarayonda mamlakat prokuraturasi ham ishtirok etadi. Klublar qat’iy cheklovlar protokoliga qanday rioya qilayotgani o‘rganiladi.
Eslatib o‘tamiz, A Seriya o‘yinlarini 13 iyun kunidan boshlab davom ettirish rejalashtirilmoqda. Ammo bu sana aniq emas, yakuniy qarorni Italiya hukumati qabul qilishi kerak.


83   
Добавить комментарий
Ваше имя: *