Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » La Liga 2019/20 yilgi mavsumida eng ko‘p tomoshabin yig‘gan klublar e’lon qilindi. «Barselona» «Real»ni ortda qoldirdi

La Liga 2019/20 yilgi mavsumida eng ko‘p tomoshabin yig‘gan klublar e’lon qilindi. «Barselona» «Real»ni ortda qoldirdi

Автор: admin

La Liga joriy mavsumida stadionga o‘rtacha tomoshabin tashrifi ko‘rsatkichlari hisoblab chiqildi.

2019/20 yilgi mavsumda eng ko‘p tomoshabin «Barselona»ning uy stadionida qayd etilgan. «Kamp Nou»ga har bir o‘yinda o‘rtacha 73 588 tomoshabin kelgan.

Ikkinchi o‘rindan 66 875 ko‘rsatkich bilan «Real» joy olgan bo‘lsa, Madridning yana bir jamoasi «Atletiko» (57 314) kuchli uchlikka yakun yasagan. Ro‘yxatning so‘nggi pog‘onasida «Eybar» qayd etilgan, jamoaning har bir uchrashuviga o‘rtacha 6 059 tomoshabin tashrif buyurgan.

La Liga 2019/20 yilgi mavsumida o‘rtacha tomoshabin tashrifi bo‘yicha top-10 klub:

1. «Barselona» — 73 588 tomoshabin
2. «Real» — 66 875
3. «Atletiko» — 57 314
4. «Betis» — 48 819
5. «Atletik» — 40 980
6. «Valensiya» — 40 325
7. «Sevilya» — 36 564
8. «Real Sosyedad» — 30 990
9. «Espanyol» — 23 513
10. «Valyadolid» — 19 849

Eslatib o‘tamiz, La Liga bahslari koronavirus pandemiyasi sabab 27-turga kelib to‘xtab qolgan. Unda «Barselona» 58-ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi. «Real» esa (56) keyingi o‘rinda bormoqda.
Manba: daryo.uz

93   
Добавить комментарий
Ваше имя: *