Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Futboldagi eng qo'rqinchli 11 fojiali voqea

Futboldagi eng qo'rqinchli 11 fojiali voqea

Автор: admin

Bugunning o'zida futbolchilar tarixidagi eng qo'rqinchli voqealarni etiboringizga taqdim qilgandik. Bu yog'i esa... Juda ham qo'rqinchli.
Sergey Perxunning o'limi

2001 yilning 18 avgust kunida CSKA tarkibida "Anji"ga qarshi chempionat o'yinida darvozabon asosiy tarkibda maydonga tushdi. Uchrashuvning 75-daqiqasida armiyachilar posboni boshi bilan raqibi Budun Budunov bilan to'qnashib ketdi. Budunov jiddiy jarohat oldi - uning miyasi chayqalib ketdi va tezda maydondan olib chiqib ketildi.
Sergey esa o'yinni davom ettirishni istagandi, ammo uni birdaniga aeroportga olib ketishdi. Yo'lda futbolchi birdaniga o'zini yomon his qildi, koma holatiga tushib, yuragi to'xtab qoldi. Vrachlar uning hayoti uchun uzoq vaqt qattiq kurashishdi - posbonning yuragi keyinchalik yana ikki marta urmay qoldi. Oradan 10 kun o'tib, posbon bosh miyasiga qon quyilishi natijasida vafot etdi.
Buenos-Ayresdagi otishma
"River Pleyt" "Boka" Xuniors"ga qarshi - futbol olamidagi eng principial qarama-qarshilik. Futbolchilar maydonda raqiblarini yanchib tashlashga tayyor bo'lishadi. O'z navbatida muxlislar ham ulardan qolishmaydi: ushbu raqiblarning o'yinida muxlislarning tartibsizligi ko'p bora kuzatilgan. 1968 yilda esa tomonlar o'qotar qurollarni ishlatishgan. SHu boisdan stadionda janjal kelib chiqqan. Natijada 74 kishi o'lgan va 113 kishi yarador bo'lgan.
2001 yili Yoxannesburgda bo'lgan tiqilinch holat

"Orlando Payrets" va "Kayzer CHifs" uchrashuvi arafasida 70 minglik "Ellis-park" stadionida ko'p sonli odamlar to'planib qoldi.
Tartib posbonlari esa o'z ishlarini bajara olmay qolishdi, ular bazi vaqtlarda ko'zni yoshlantiruvchi gaz ham ishlatishga majbur bo'lishdi. Odamlar orasida vahima boshlandi, ular stadionning markaziy eshigini buzmoqchi bo'lishdi va natijada ayrim insonlar ularning orasida tiqilib qolishdi. Barchasi ayon, vahima va tiqilinch natijasida 43 kishi voqea joyida vafot etdi, yana 100ga yaqin inson jiddiy jarohatlar olishdi.
"Torino" klubining aviahalokatda halok bo'lishi
"Torino" 40-yillarda Italiya grandi bo'lgan. 1949 yilning 3 may kuni Portugaliyada "Benfika" va "Torino" jamoalari ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi va unda italiyaliklar 3:4 hisobida imkoniyatni boy berishdi.
Ertasi kuni jamoa uyiga jo'nab ketdi. Samolyot bortida 18 nafar futbolchi, klub rahbarlari va jurnalistlar bo'lgandi, umumiy hisobda ular 31 kishini tashkil qilishgandi. Soat beshlar arafasida Turinga qadar ozgina yo'l qolgandi, shu pallada samolyot quyuq tumanda qolib ketdi va uchuvchi mo'ljalni yo'qotdi.
Samolyot chap qanoti bilan Superga bazilikiga borib urildi, shundan keyin uni Erning tortish kuchi o'ziga tortdi... Natijada samolyot erga quladi. Bortda bo'lgan barcha vafot etdi. "Torino"ning o'sha tarkibidan faqatgina bir futbolchi tirik qolgan - Lauro Toma jarohati sababli uchrashuvga bormagan va uyida qolgandi.
"SHapekoense" voqeasi

Butun dunyoni larzaga solgan voqea bo'lganiga ham 2 yil bo'ldi. 2018 yili jamoa Janubiy Amerika kubogi (mintaqadagi ikkinchi raqamli turnir, xuddi Evropa ligasi maqomida) finalida Kolumbiyaning "Atletiko Nasonal" jamoasiga qarshi o'ynashi kerak edi. Avialaynerning bir qancha qismlari va ekipaj xatoligi sababli samolyot aeroportga atigi 20 kilometr qolganida erga quladi.
Bortdagi 77 nafar insondan atigi 7 nafari tirik qoldi. O'sha to'liq tarkibda jamoa murabbiylar shtabi va hatto klub prezidenti ham vafot etdi. Futbolchilardan faqatgina aviahalokatdan orttirib olgan jarohatini davolab bo'lmagan himoyachi Neto, faoliyatini qayta boshlab yuborgan Alan Rushel va oyog'idan ajralgan Jakson Folman tirik qoldi.
O'sha o'tkazilmagan finalda barcha tomonning roziligiga ko'ra "SHapekoense" g'olib deb topildi.
1971 yili Glazgodagi tiqilinch holat
O'sha yilning 2 noyabr kunida "Reynjers" va "Seltik" jamoalari ishtirokidagi o'yinda ommaviy tiqilinch yuzaga keldi. Uchrashuv yakunlanayotgan paytda "Reynjers" vakillari 0:1 hisobida yutqazayotgandi va bundan jahli chiqqan muxlislar tribunalarni tark etishni boshladi.
Ammo kutilmaganda mezbonlar gol urdi va baqiriqni eshitgan muxlislar yana tribunalarga qaytishdi. Markaziy tribunalardagi muxlislar ikki tomonlama siqib qo'yildi. O'sha kuni 66 nafar inson vafot etdi va 200dan oshig'i jiddiy tarzda jarohatlandi.
1985 yili "Bredford" stadionidagi yong'in

11 may kunida "Koral Vindouz" stadioni "Bredford" - "Linkoln" jamoalari ishtirokidagi o'yinni qabul qildi. Birinchi bo'limning so'nggi daqiqalari o'tib borayotgan bir vaqtda o'chirilmagan sigareta uzoq yillik yog'och tribunalarda yong'in keltirib chiqardi.
Bir necha daqiqalar ichida o'sha tribuna va tom yonib ketdi. Dahshatli yong'in sababli 56 nafar inson vafot etdi, ularning ko'pchiligi yopiq tribunalarda nafas ola olmay qolishgan bo'lsa, ayrimlari yonib ketgandi. Yana 200 nafar inson esa tanasida yuqori darajali kuyish kuzatildi.
Myunxen tragediyasi

"Manchester Yunayted" futbolchilari 1958 yili 6 fevral kunida Myunxen aeroportida aviahalokatda halok bo'lishdi. Samolyotni osmonga uchirishga uringan uchuvchilar katta tezlikda o'z yo'lidan chiqib ketishdi va yonidagi binoga urildi. Katta yong'in kelib chiqdi. 21 kishi o'sha erda vafot etdi, yana bir qanchasi hushini yo'qoti.
Bortda 44 nafar  inson bo'lgandi, murabbiylar shtabi, jamoa va ekipaj azolari... Tragediya natijasida umumiy 23 nafar inson halok bo'ldi, shularning 8 nafarini MYU futbolchilari tashkil qildi. O'sha samolyotda buyuk Bobbi CHarlton ham bo'lgandi. Aviahalokat vaqtida bo'lajak jahon chempioni va "Oltin to'p" egasi 21 yoshni qarshi olgandi.
1989 yil 15 aprel kuni "Xillsbro"dagi tragediya

Angliya Kubogi yarim finalida "Nottingem Forest" va "Liverpul" jamoalari ishtirokidagi o'yin kunduzgi soat 3ga belgilangandi. SHu boisdan muxlislar o'yinga ancha erta yig'ilishni boshlashdi. Natijada yakshanba kuni arafasida katta olomon yig'ildi, ularni chiptalarsiz va tashkilotning harakatlarisiz kirgizib yuborishdi.
To'lib bo'lgan stadionda esa katta tiqilinch yuzaga keldi. Ko'pchilik nafas olish uchun harakat qila boshladi. Tribunalarni maydon bilan ajratib turadigan temirlar orasida qolib ketganlar esa maydonga sakrab tusha boshlashdi.
Mahalliy policiya esa nazoratni qo'ldan chiqardi. Natijada 100 nafar inson o'sha erda vafot etdi, mingdan oshiq inson yuqori darajadagi tan jarohati olishdi. Achinarlisi, o'sha qurbonlar orasida uni 10 yoshli amakivachchasi ham bo'lgandi.
1982 yilning 20 oktyabr kunida "Lujniki"dagi tragediya


UEFA Kubogi 1/16 finalida Moskvaning "Spartak" jamoasi Niderlandiyaning "Xarlem" jamoasiga qarshi o'yinida rus futbolidagi eng katta tragediya hodisa ro'y bergan. Uchrashuv yakunlanayotgani sayin muxlislar tribunalarni tark eta boshlashdi. Jamoa ishonchli o'yin bilan 1:0 hisobida g'alabaga erishayotgandi.
O'yin yakunlanishiga bir yarim daqiqa qolganida moskvaliklar yana bir gol urishdi va ketayotgan muxlislar ortlariga qaytishni boshlashdi. Yana olomonning tiqilinch vaziyati yuzaga keldi. Ushbu tragediya 66 nafar insonni olib ketdi, ularning orasida o'smir yoshlar ko'pchilikni tashkil qilgani alamli. Sovet davri bo'lgani uchun vafot etganlar nomi uzoq vaqt nomalum bo'lib turdi.
1979 yili ikki samolyot to'qnashuvi natijasida "Paxtakor"ning halok bo'lishi
Aviadispetcherlarning qo'pol xatosi sababli Dnepropetrovsk osmonida 178 nafar inson halok bo'ldi. Erdan 8400 metr balandlikda, bulutlar ortida ikki samolyot uchuvchilari hech nimani ko'rishmasdi. TU-134 samolyoti bilan to'qnashuv va barchasi tamom...
O'zbekistonning eng nomdor jamoasi, o'sha yili sensacion natijalarni qayd etayotgan "Paxtakor"ning 17 nafar azosi: 14 futbolchi, murabbiy, jamoa mamuri va shifokor ochiq osmonda vafot etdi.
O'sha buyuk o'g'lonlarimizni har yili 11 avgust kunida yodga olamiz. Aslida ular o'lmagan va yuragimizda mangu yashaydi.
252   
Добавить комментарий
Ваше имя: *