Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » "Yuventus" Pogbadan osongina voz kechmoqchi emas. Endi uning uchun "MYu"ga qaysi futbolchilarini taklif qilmoqda?

"Yuventus" Pogbadan osongina voz kechmoqchi emas. Endi uning uchun "MYu"ga qaysi futbolchilarini taklif qilmoqda?

Автор: admin

Frantsiyalik jahon chempioni Pol Pogbaning keyingi taqdiri borasida hali ham qizg‘in muhokamalar davom etmoqda.
Ayniqsa, “Yuventus” sobiq futbolchisini ortga qaytarish yo‘lidan hali beri chekinmaydiganga o‘xshaydi. Ular Pogba evaziga "Manchester Yunayted"ga Federiko Bernardeski, Duglas Kosta yoki Adrian Raboni taklif qilishmoqchi. Bu haqida “La Gazzetta dello Sport” xabar bermoqda.
Shu maqsadda "Yuventus" yozgi transfer oynasida "Manchester Yunayted" yarim himoyachisini sotib olish niyatida yuribdi.
Shuning uchun ham Turin klubi transfer summasini kamaytirish maqsadida yuqorida nomlari keltirilgan o‘yinchilarini shartnomaga qo‘shishga tayyor.
Eslatib o‘tish kerakki, Pogba 2012 yildan 2016 yilgacha "Yuventus"da to‘p surgan. “MYu” buning uchun 2016 yilning avgust oyida 105 million evro to‘lagan.


95   
Добавить комментарий
Ваше имя: *