Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «Manchester Yunayted» Dembelening transferi borasida kelishuvga erishdi

«Manchester Yunayted» Dembelening transferi borasida kelishuvga erishdi

Автор: admin

"Lion" hujumchisi Mussa Dembele "Manchester Yunayted"ga o‘tishga yaqin turibdi.

"Qizil iblislar" fransiyalik futbolchi uchun "Lion"ga 70 mln yevro beradigan bo‘lishdi. Lionliklar Yevropa chempionlar ligasining kelasi mavsumida ishtirok etish huquqidan mahrum bo‘lishgani uchun yo‘qotilajak zararlarni qoplash maqsadida 23 yoshli futbolchini sotishga qaror qilishdi.

Tomonlar transfer shartnomasini imzolab, yaqin kunlarda bu haqda rasmiy xabar tarqatishlari mumkin.

Mussa Dembele ushbu mavsumda barcha musobaqalar doirasida 42ta uchrashuvda maydonga tushib, 22ta gol urdi.
Manba: football24.ua

93   
Добавить комментарий
Ваше имя: *