Goal24.uz » Foto lavhalar » Keyn sobiq klubining homiysiga aylandi (foto)

Keyn sobiq klubining homiysiga aylandi (foto)

Автор: admin

Angliya terma jaoasi va Londonning "Tottenxem" klubi hujumchisi Garri Keyn o‘zining sobiq jamoasi - "Leyton Oriyent" klubi bilan birlashdi va hujumchi kelgusi mavsumda ushbu jamoaga homiylik qiladi hamda uchta xayrli ishlar uchun o‘z mablag‘laridan xayriya qiladi.
26 yoshli hujumchi "Leyton" klubidagi debyut uchrashuvini 2011 yili o‘tkazgan. Keyn klub futbolkasida koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash olib borgan eng ilg‘or insonlarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Shuningdek, klub futbolkasiga ruhiy salomatlik jamg‘armasi va bolalar shifoxonasi nomlari ham ko‘rsatiladi, chunki, bitim shunday tuzilgan.
"Leyton Oriyent" klubining sotilgan har bir futbolkasining 10 foizi xayriya ishlariga sarflanadi.
"Men "Oriyent" stadiondan bir necha kilometr uzoqlikda tug‘ilganman va shu yerda ulg‘ayganman. Birinchi professional startimni bergan klubga qaytganimdan juda xursandman. Bu menga shunday og‘ir damlarda g‘amxo‘rdik va yordam ko‘rsatgan qahramonlar va xayriya tashkilotlariga o‘z minnatdorchiligimni bildirish uchun imkon yaratdi", - dedi Garri Keyn.

96   
Добавить комментарий
Ваше имя: *