Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Klattenburg asabiga tegadigan futbolchilar beshligini tuzdi

Klattenburg asabiga tegadigan futbolchilar beshligini tuzdi

Автор: admin

Angliya Premer-Ligasining sobiq hakami Mark Klattenburg Daily Mail bilan suhbatda asabiga eng ko‘p tegadigan futbolchilar haqida gapirib berdi.
Mashhur hakam faoliyatida Roy Kin, Jon Obi Mikel, Pepe, Yens Lemann va Kreyg Bellami ishtirokidagi o‘yinlarda ishlashga qiynalganini aytdi.
Klattenburgga ayniqsa maydonda «sovuqqon va qattiqqo‘l bo‘lib ko‘ringan» «Manchester Yunayted» sardori Roy Kinning hulqi yoqmagan. Bundan tashqari, uning xudbinligi o‘yin paytida janjallar va to‘qnashuvlar kelib chiqishiga sabab bo‘lgan.
FIFA hakami Klattenburg 2004-2017 yillarda Premer-Ligadagi 292ta o‘yinni boshqargan.


92   
Добавить комментарий
Ваше имя: *