Goal24.uz » Jahon » Ishsiz qolib ketgan futbolchilar

Ishsiz qolib ketgan futbolchilar

Автор: admin

Emilio Viviano
Italiya terma jamoasi sharafini ikkita uchrashuvda himoya qilgan, “Arsenal”ni bir necha bor muqarar mag‘lubiyatlardan qutqarib qolgan Vivianoning klubsiz qolganiga ishonish qiyin. Qahramonimiz o‘tgan yilning sentyabr oyidan beri ishsiz. Qahramonimiz bir muddat “SPAL” darvozasini qo‘riqlagach, erkin agent maqomini qo‘lga kiritdi. Keyin Portugaliyaning “Sporting”gi bilan hamkorlik qilgan kiper sentyabr oyida shartnomani bekor qildi. Aslida, Viviano qishda “Inter”ga o‘tishi kutilayotgan edi, biroq transfer o‘zining so‘nggi bosqichida barbod bo‘ldi va darvozabon bir chetda qolib ketdi. A Seriyada 250 bor maydonga tushgan kiper nahotki birorta klubga kerak bo‘lmasa?!
Ignazio Abate
“Milan” safida 10 yil to‘p surgan himoyachi uzoq muddat asosiy tarkib futbolchisi sanalganidan xabaringiz bor. “Rossoneri” bilan shartnoma imzolashdan bosh tortgan futbolchi o‘tgan mavsum boshida “Al-G‘arafa” yoki “Sporting” jamoalaridan biriga o‘tishi ko‘zda tutilgan edi, biroq futbolchi ma’lum muddat tanaffus olishga qaror qildi. Uning aytishicha, ayni damda unda futboldanda muhimroq muammolar mavjud ekan. Mino Rayolaning mijozi endilikda g‘irt “bekorchilar”dan biri. Deyarli bir mavsumdan beri katta futboldan uzoqdagi futbolchini qaysi klub o‘ziga chorlar ekan? Hatto u ishbilarmon Minoning mijozi bo‘lsada o‘zi uchun klub topishi juda mushkul. MLS? Bu variant ham chakki emas. Qolganini vaqt ko‘rsatadi.
Serdar Tashchi
Ikki karra Bundesliga g‘olibi, Rossiya chempioni va Germaniya terma jamoasi sobiq a’zosi ham bugungi kunda klubsiz. 2018-yilda Turkiyaning “Istanbul” jamoasi bilan shartnoma imzolagan futbolchi chempionlik uchun kurash olib borgan bo‘lsada, klub uni olib qolishni istamadi. Serdarning o‘zini yana kamida 3 yo 4 ta mavsum to‘p surishga qodir deb hisobmoqda. Bugungi kunda u Shtutgartshahrida formasini saqlab turish bilan band.
Ivan Strinich
2018-yilda Rossiya mezbonlik qilgan JCHning kumush medali sohibi Ivan Strinich ham klublar e’tiboridan chetda qolganiga ancha bo‘ldi. Afsuski, bunga uning yuragidagi muammolar sabab bo‘ldi. Xorvat sog‘lig‘ini tiklash bilan band bir paytda “Milan” o‘rtadagi shartnomani bekor qildi. Ayni damda, Strinich yana futbolga qaytishga tayyor. Uning aytishicha, sog‘lig‘ida hech qanday muammolar yo‘q. Katta ehtimol bilan uni kelasi mavsum boshida Xorvatiya klublaridan birida ko‘rsak kerak. Futbolchi o‘z ijtimoiy tarmoqlari orqali bir necha bor shunga sha’ma qilib o‘tdi.
Jon Obi Mikel
Bugungi ro‘yxatimizdagi eng mashhur futbolchilardan biri. 33 yoshni qarshi olgan bo‘lsada, jismoniy holati ajoyib tarzda bo‘lgan yarim himoyachi bu mavsumni “Trabzonspor” safida boshlagan edi. Keyinchalik Turkiyadagi virus bilan bog‘liq mashmashalar boshlangach, u o‘z ixtiyori bilan klubdan ketishga qaror qildi. Bunga, Turkiya Superligasining o‘yinlarni to‘xtatmagani sabab bo‘ldi. Nigeriyalik futbolchi klubi bilan shartnomani bekor qilgani uchun katta zarar ko‘rdi, biroq u bu pullarga hech qachon achinmasligini va sog‘liq uning uchun birinchi o‘rindaligini ijtimoiy tarmoqlar orqali yozib qoldirishga ham ulgurdi.
Robert Mak
Rossiyaning “Zenit” jamoasidagi o‘yinlari bilan o‘zbek futbol muxlislariga yaxshi tanish bo‘lgan hujumchi uchun ham Turkiya chempionati omadsizlik olib keldi. Slovakiyalik vinger “Ko‘nyaspor” bilan tuzilgan shartnomani imi-jimida bekor qildi va oilasi bilan yurtiga qaytib ketdi. 29 yoshli Mak bugungi kunda yangi takliflar uchun ochiq. Bundesliga, RPL va Gresiya chempionatlarida o‘zini ko‘rsatgan Robert katta ehtimol bilan yozda nomdor jamoalardan birining libosida ko‘rinish beradi.
Daniyel Starrij
Endigina 30 yoshni qarshi olgan hujumchi YECHL oltin medallarini qo‘lga kiritgach, Turkiyaning “Trabzonspor” klubi bilan shartnoma imzolagan edi. Hammasi ko‘ngildagidek boshlangan edi. 16 ta uchrashuv 7 ta gol va 4 ta assist. Afsuski, uni kelishilgan o‘yinlarga aloqadorlikda ayblashdi va 17 iyunga qadar katta futboldan chetlatishdi. Qo‘shimchasiga 150 ming funt jarima ham belgilashgan. Angliyalik futbolchi bu vaziyatga oydinlik kiritishdan bosh tortmoqda. Shunga qaramay, tez orada Starrij yangi takliflarni ko‘rib chiqishni boshlaydi. Uning agenti bergan ma’lumotlarga qaraganda, mijozi yana 3 mavsum yuqori tempda futbol namoyish etishga qodir.
Seydu Dumbiya
Moskvaning SSKA sharafini munosib himoya qilgan ivuarlik forvard ham bugungi kunda ishsiz qolib ketganlardan biri. Aslida DumbiyaShveysariya chempionatida “Sion” tarkibida javlon urayotgan edi. Korona-tanaffus sababli klub uning maoshini kamaytirishini istamadi va kichik janjal uyushtirdi. Yakunda o‘zaro kelishgan xolda klub tomonidan Dumbiyaga ketish uchun ruxsat berildi.
Ayni damda Seydu o‘z sport formasini a’lo darajada ushlab turibdi. Qahramonimiz tez orada yana RPL klublaridan birida ko‘rinish bersa, ajab emas.

184   
Добавить комментарий
Ваше имя: *