Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Barselona» Haverts bilan muzokara o‘tkazdi

«Barselona» Haverts bilan muzokara o‘tkazdi

Автор: admin

«Bayer» klubi yarimhimoyachisi Kay Haverts xizmatiga «Barselona» qiziqish bildirmoqda.
Sport1 jurnalisti Florian Plettenberg xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar 20 yoshli futbolchining vakillari bilan doimiy aloqada bo‘lib turishibdi.
«Barselona»ning texnik kotibi Erik Abidal va uning o‘rinbosari Ramon Planes bitimga himoyachi Emerson Aparesidoni qo‘shib berishni rejalashtirmoqda.
Haverts bilan «Real», «Manchester Yunayted», «Chelsi» va «Bavariya» klublari ham shartnoma imzolashni mo‘ljallamoqda.
Bu mavsumda futbolchi barcha musobaqalarda 34ta o‘yinda maydonga tushib, 10ta gol urgan va 8ta golga hammualliflik qilgan. Uning «Bayer» bilan imzolagan shartnomasi 2022 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfer qiymati 80 mln yevroga baholanyapti.


74   
Добавить комментарий
Ваше имя: *