Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Bernardu Silva: «Ronaldu hatto mashg‘ulotlarda ham hal qiluvchi gollarni uradi»

Bernardu Silva: «Ronaldu hatto mashg‘ulotlarda ham hal qiluvchi gollarni uradi»

Автор: admin

«Manchester Siti»ning portugaliyalik yarimhimoyachisi Bernardu Silva hamyurti, Turinning «Yuventus» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
«Menimcha, Ronaldudagi mentalitet uni buyuk o‘yinchiga aylantirgan. U 35 yoshda. 15 yildan ko‘proq vaqt davomida yuqori darajada o‘ynagan va hamon charchamaydi. U doim ko‘proq narsani xohlaydi. Krishtianu Chempionlar Ligasini, Portugaliya milliy jamoasi bilan kuboklarni, chempionatlar g‘olibligini va individual sovrinlarni qo‘lga kiritishni istaydi.
Agar o‘yin qiyin kechayotgan bo‘lsa va g‘alaba qozonish imkoni qiyinligini sezsangiz, to‘pni Ronalduga berishingiz kerak. U – o‘yin natijasini hal qila oladigan yigit. U to‘p bilan harakatlanganda, o‘ziga xos narsa yuz berishi mumkin.
Hatto mashg‘ulotlarda ham Krishtianu muhim gollarni uradi. Hal qiluvchi daqiqalarda u birinchi o‘ringa chiqadi», – deb Silvaning so‘zlarini keltiradi Goal.


96   
Добавить комментарий
Ваше имя: *