Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Rossiya » «Anji» tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan iborat ramziy jamoa e’lon qilindi

«Anji» tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan iborat ramziy jamoa e’lon qilindi

Автор: admin

12 may kuni klub tashkil etilganligining 29 yilligini nishonlagan Maxachqal’aning «Anji» jamoasi klubning ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida muxlislar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazib, jamoa tarixidagi eng yaxshi futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoani aniqlashdi.
Muxlislar tomonidan eng ko‘p ovoz yiqqan Samuel Eto’O, Lassana Diarra, Villian, Yuriy Jirkov singari futbolchilar ramziy jamoaga kiritilgan bo‘lsa-da, jamoa safida nisbatan ko‘proq o‘yinlar o‘tkazgan Roberto Karlos, Odil Ahmedov singari futbolchilarga ramziy jamoadan joy topilmadi. Bosh murabbiy sifatida esa Gus Hiddink tanlangan.
«Anji» klubi tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan iborat ramziy jamoa:
Darvozabon: Vladimir Gabulov;
Himoyachilar: Yuriy Jirkov, Kristofer Samba, Joao Karlos, Andrey Yeshenko;
Yarimhimoyachilar: Lassana Diarra, Leonardo da Silva, Bernard Berisha, Villian;
Hujumchilar: Samuel Eto’O, Yannik Boli.
Bosh murabbiy: Gus Xiddink.

Ma’lumot uchun, o‘zbekistonlik yarimhimoyachi Odil Ahmedov «Anji» safida 2011 yilda faoliyat boshlab, maxachqa’alik muxlislar tomonidan «mavsumning eng yaxshi futbolchisi» deb topilgandi. 2013 yilda klub inqirozga uchraganligi e’lon qilingach barcha yulduz futbolchilar klubni tark etgan bo‘lishsa-da, Odil Ahmedov 2014 yilgi mavsum yakuniga qadar Dog‘iston klubida qolib, jamoa bilan ligada qolish uchun kurash olib borgandi.


211   
Добавить комментарий
Ваше имя: *