Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Keyn qaysi klub APLda chempionlikka munosib ekanligini aytdi

Keyn qaysi klub APLda chempionlikka munosib ekanligini aytdi

Автор: admin

«Tottenhem» klubi hujumchisi Harri Keyn joriy mavsum haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Kelayotgan haftalarda mashg‘ulotlarni boshlash, 4-5 nafardan alohida guruhlarga bo‘linib to‘p bilan ishlashga ruxsat olinishi, muntazam test topshirish borasida klub Premer-liga rahbariyati bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi. Imkonqadar tezroq odatiy hayotga qaytishni istayapmiz. Mashg‘ulotlarga ruxsat berishsa, juda xursand bo‘lardik. 
Tomoshabinlarsiz to‘p surish oson bo‘lmaydi. Ayniqsa, «Liverpul» klubi bosh sovringa ega chiqsa, muxlislarsiz bo‘m-bo‘sh arenada nishonlashi g‘alati bo‘ladi. Bu klub hozirdayoq Premer-liga chempionligiga munosib. 
Oldin bunday holatda duch kelmaganimiz bois, tomoshabinlarsiz yangi muhitga, yangi talablarga ko‘nikish oson bo‘lmasa kerak. Buni kim qanday qabul qilishini tasavvur qilish qiyin. Muxlislarsiz qiyin bo‘lsa-da, biz mavsumni yakunlash uchun ham barcha talablarga rioya qilishimiz shart», - deydi Keyn.
Ma’lumot uchun, «Tottenhem» Angliya Premer-ligasining kelayotgan turida «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘ynashi lozim. London klubi hozirda APL turnir jadvalida 8-o‘rindan joy olgan.


74   
Добавить комментарий
Ваше имя: *