Goal24.uz » Jahon » Kellini jahonning eng yaxshi himoyachisini aytdi

Kellini jahonning eng yaxshi himoyachisini aytdi

Автор: admin

«Yuventus» klubi himoyachisi va sardori Jordjo Kellini «Real» klubi sardori Serxio Ramosni jahonning ayni damdagi eng yaxshi himoyachisi deb atadi.
«Jahonning eng yaxshi himoyachisi deya «Real» himoyachisi Serxio Ramosni ko‘rsatgan bo‘lardim. Ayrimlar uni murabbiy belgilangan taktikaga amalga qilmaslikda, shu sabab tufayli bir mavsumning o‘zida jamoasi darvozasiga kiritilgan 8-10ta golga aybdor bo‘lishi haqida gapirishadi. Bu fikrlarga qo‘shilmayman. U zarur bo‘lganda ko‘proq hujumga e’tibor qaratishi tufayli qarshi hujumlar o‘tkazib yuborilishi mumkin. 
Serxioda mujassamlashgan ikki jihatni hech bir himoyachida uchratmayman. U katta o‘yinlarda o‘zini juda yaxshi ko‘rsata oladi, jamoasini o‘z gollari bilan qutqarib qolishi mumkin. Zarur bo‘lganda jamoasi g‘alabasi uchun o‘ta ayyorlik bilan raqibning muhim futbolchisini jarohatlashi mumkin. Misol uchun, Salohning Chempionlar ligasi finalida jarohatlagani - juda aqlli va ayyorona harakat. Buni faqat Ramos uddalashi mumkin. U Salohga ataylab jarohat yetkazmaganligini aytishi mumkin, ammo u yaxshi biladiki, odatda 10ta shunday holatning 9tasida raqibning qo‘li sinadi», - deya Kellining so‘zlarini keltiradi AS nashri.
Ma’lumot uchun, YeCHL 2017/18 yilgi mavsumi finali doirasidagi «Real» - «Liverpul» (3:1) bahsida Serxio Ramos mersisaydlar forvardi Muhammad Salohni noqulay tarzda yiqitib, uning 30-daqiqada maydonni shifokorlar yordamida tark etishiga sabab bo‘lgandi.


74   
Добавить комментарий
Ваше имя: *