Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «Chelsi»ning yozgi transfer rejalari ma’lum bo‘ldi

«Chelsi»ning yozgi transfer rejalari ma’lum bo‘ldi

Автор: admin

«Chelsi» klubi yozgi transfer kampaniyasini faol o‘tkazmoqchi.
ESPN xabariga ko‘ra, londonliklar 5 futbolchini sotib, 5 futbolchini olishni rejalashtirmoqda.
Jumladan, jamoa mavsum yakunlanganidan so‘ng, Temue Bakayoko, Markos Alonso, Emerson Palmeri, Mishi Batshuayi va Davide Dzappakosta bilan xayrlashmoqchi. Ammo Ngolo Kante va Jorjinoni saqlab qolmoqchi.
Shuningdek, «Chelsi»ning xaridlar ro‘yxatiga Jeydon Sancho («Borussiya D»), Ben Chiluell («Lester»), Mussa Dembele («Lion»), Timo Verner («RB Leypsig») va Per-Emerik Obameyang («Arsenal») kiritilgan. 
Agar reja amalga oshsa, londonliklarning transfer xarajatlari yozda 200 mln yevroni tashkil qilishi mumkin.


118   
Добавить комментарий
Ваше имя: *