Goal24.uz » Jahon » Belarus Oliy ligasi. «Energetik-BGU» amaldagi chempionni mag‘lub etib, peshqadamga yetib oldi

Belarus Oliy ligasi. «Energetik-BGU» amaldagi chempionni mag‘lub etib, peshqadamga yetib oldi

Автор: admin

Belarus chempionati 9-turi doirasidagi «Energetik-BGU» hamda «Dinamo»-Brest o‘rtasidagi uchrashuvda mezbonlar 2:1 hisobida zafar quchishdi.
O‘zbekistonlik futbolchilar Jasur Yaxshiboyev va Shahboz Umarov asosiy tarkibda maydonga tushgan o‘yinda Bakich va Yudchits tomonidan kiritilgan gollar «talabalar»ga amaldagi chempion jamoa ustidan muhim g‘alabani keltirdi. 
9-turdan keyin «Energetik-BGU»ning ochkolari soni 18taga yetib, minskliklar hozircha 1-o‘rinda bo‘lgan «Torpedo-BelAZ»ga yetib olishdi. «Dinamo»-Brest esa hozircha 6-o‘rinda qoldi.
Belarus Oliy ligasi. 
9-tur. 16 may (shanba)
Energetik-BGU – Dinamo Brest 2:1
Gollar: 1:0 – 40 Bakich, 2:0 – 47 Yudchits – Kislyak (90)
Energetik-BGU – Lesko, Mavatu, Yudchits, Sokol, Svirepa, Bakich (Girs, 67), Nosko, Tve, Shahboz Umarov (Sovpel, 68; Shorats, 84), Jasur Yaxshiboyev, Shkurdyuk.
Dinamo Brest – Pavlyuchenko, Pavlovets, Veretilo, Kiki, Bыkov, Yuzepchuk, Krivets (Milevskiy, 62), Savitskiy, Kislyak, Gordeychuk (Pechenin, 76), Sadovskiy (Laptev, 63).


194   
Добавить комментарий
Ваше имя: *