Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Germaniya » Jahon chempioni uchun APLning ikki klubi kurash boshladi

Jahon chempioni uchun APLning ikki klubi kurash boshladi

Автор: admin

"Borussiya" Dortmund klubi yarim himoyachisi Mario Gyottse faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Tribal Football nashrining xabar berishicha, 27 yoshli jahon chempioniga "Everton" va "Vest Xem"dan qiziqishlar bor. Gyottsening dortmundliklar bilan amaldagi shartnomasi yana bir oydan so‘ng o‘z nihoyasiga etadi. Shu sababli u yangi jamoasiga erkin agent sifatida tekinga borib qo‘shilishi mumkin.
Mario joriy mavsum “Borussiya” safida 19 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.


112   
Добавить комментарий
Ваше имя: *