Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Rossiya » Eldor Shomurodov Evropa chempionlar ligasida o‘ynaydi(mi)?

Eldor Shomurodov Evropa chempionlar ligasida o‘ynaydi(mi)?

Автор: admin

Rossiyalik murabbiy Andrey Tixonov  “Rostov” va “Krasnodar” jamoalarining Evropa chemponlar ligasiga chiqish imkoniyatini baholadi.
Ma’lumki, RPLda mavsum 21 iyundan qayta tiklanadi. Hozircha “Rostov” 38 ochko bilan to‘rtinchi, “Krasnodar” 41 ochko to‘plagan holda uchinchi o‘rinda bormoqda.
Har ikki jamoaning imkoniyati teng. Hammasi jamoalar tiklanadigan chempionatni qanday boshlashiga bog‘liq. Orada katta tanaffus bo‘ldi. Bunaqa vaziyatda dastlabki o‘yinlarda ochko yo‘qotish oxirida qimmatga tushadi. Endi ko‘p narsa tasodifga bog‘liq. Bu jamoalar chiroyli futbol ko‘rsatmoqda, ayniqsa “Rostov”, - dedi Andrey Tixonov.
O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov “Rostov”ning asosiy futbolchilaridan hisoblanadi. U joriy mavsumda premer-ligada 22 ta o‘yinda 11 ta gol urdi va to‘purarlar bahsida g‘oliblik uchun kurashmoqda. O‘zbekistonlik muxlisu mutaxassislar uning Evropa maydonlarida ham porlashiga umid qilamiz.   


191   
Добавить комментарий
Ваше имя: *