Goal24.uz » O'zbekiston » German Tkachenko Shomurodov haqida: «Germaniyaning bir qator klublari bilan muzokara olib borayapmiz»

German Tkachenko Shomurodov haqida: «Germaniyaning bir qator klublari bilan muzokara olib borayapmiz»

Автор: admin

Rossiyaning «Rostov» klubi hujumchisi Eldor Shomurodovga Germaniya Bundesligasining bir qator klublari qiziqish bildirmoqda. Biroq pandemiya davridagi klublarning moliyaviy holati sababli muzokaralar qiyinroq o‘tmoqda. Bu haqda ProSportsManagement agentligi rahbari German Tkachenko «Futbol akademiyasi» loyihasida ma’lum qildi.
«Yashirmayman, Eldor Shomurodov transferi bo‘yicha Germaniyaning bir qator klublari bilan muzokara olib borayapmiz. Ulardan biri biz bilan suhbatda ochiqchasiga shunday deyishmoqda: «Yigitlar, biz qishdan qolgan pullarimizni shunchaki sarflay olmaymiz, kimnidir sotishimiz kerak. Sababi, homiylarimizga qanchalik qiyin bo‘layotganligini ko‘rib turibmiz. Shunga qaramay, ular bizni ta’minlashda davom etishmoqda. Jamoa futbolchilaridan ham 2-3 oy davomida maoshlarni qisqartirib turishni iltimos qildik. Hali qariyb bir yil muxlislarsiz o‘ynashimizga to‘g‘ri keladi. To‘g‘ri, hozir bizda mablag‘ bor, ammo buni transfer uchun sarflash to‘g‘ri qadam ekanligiga ishonch hosil qila olmayapmiz», - deya German Tkachenkoning so‘zlarini keltirmoqda Sports.ru sayti.
Ma’lumot uchun, Eldor Shomurodov «Rostov» safidagi 11ta goli bilan Rossiya Premer-ligasi to‘purarlari safidan joy olgan. Oldinroq, chempionat bahslari 21 iyundan davom ettirilishi ma’lum qilingandi.


139   
Добавить комментарий
Ваше имя: *