Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Endi “Inter” hujumida terma jamoa to‘purarlari o‘ynaydi

Endi “Inter” hujumida terma jamoa to‘purarlari o‘ynaydi

Автор: admin

“Inter” hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida “Napoli” hujumchisi Dris Mertensni olib kelmoqda va ommaviy axborot vositalari milanliklar belgiyalik to‘purar bilan shaxsiy shartnoma shartlari kelishib olganini bong urmoqda.
Corriere della Sera nashrining xabariga ko‘ra, 33 yoshli forvardga yiliga 5 million evrolik ikki yillik shartnoma taklif qilingan. Drisning ishlari yurishib ketsa, yana to‘rt million evro bonus olishi ham mumkin. Mertens bu taklifni qabul qilgan.
Mertensning “Napoli” bilan shartnomasi 30 iyun kuni tugaydi. U “Inter”da terma jamoadagi sherigi Romelu Lukaku bilan birga hujum chizig‘ida o‘ynashi kutilmoqda.


90   
Добавить комментарий
Ваше имя: *