Goal24.uz » Foto lavhalar » Muhammad Salohni sindirish siri (foto)

Muhammad Salohni sindirish siri (foto)

Автор: admin

“Yuventus” himoyachisi Jorjo Kellini “Real” himoyachisi Serxio Ramos o‘yinlaridan hayratlanishini ma’lum qildi.
Ramos dunyoning eng zo‘r himoyachisi. Uni taktikaga amal qilmaslik va buning oqibatida mavsum davomida 8-10 ta gol bo‘lishida ayblashadi. Lekin uning texnikasi o‘ta kuchli va u hujumchi bo‘lishi ham mumkin, - deydi Jorjo.
Shuningdek, italiyalik futbolchi hamkasbning himoyachilarga xos sirini ham ochdi.
Uning hech kimda uchramaydigan ikki ustunligi bor. Birinchisi, muhim o‘yinlarda mas’uliyatni o‘ziga olib, hal qiluvchi rol o‘ynay oladi. Ikkinchisi esa, u raqibning muhim o‘yinchilariga ayyorona tarzda jarohat etkazish usullarini juda yaxshi biladi.  U 2018 yilgi Chempionlar ligasi finalida “Liverpul”ning eng xavfli hujumchisi Muhammad Salohga ana shunday jarohat etkazdi. Garchi Ramos hammasi tasodifan bo‘lganini aytsa ham, u o‘sha vaziyatda raqib qo‘lini qo‘yib yubormasdan yiqilsa,  bunday holatning o‘ntadan to‘qqiztasi qo‘l sinishini yaxshi bilardi, - deydi Kellini.


Kellini esga olgan final bahsining 30-daqiqasida Muhammad Saloh Ramos etkazgan jarohat tufayli maydonni ko‘z yoshlari bilan tark etgan.


109   
Добавить комментарий
Ваше имя: *