Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Yozda erkin agentga aylanadigan futbolchilar ramziy jamoasi

Yozda erkin agentga aylanadigan futbolchilar ramziy jamoasi

Автор: admin

Transfermarkt portali yozda erkin agentga aynadigan futbolchilar ramziy jamoasini e’lon qildi. Bunda veb-sayt o‘yinchilarning transfer narxlarini inobatga oldi.

E’tiborli tomoni, ushbu jamoadan «Pari Sen-Jermen» klubining 3 a’zosi o‘rin oldi.

Erkin agentga aylanadigan futbolchilar ramziy jamoasi:

Darvozabon: Valter Daniel Benites («Nissa», 27 yosh, € 8 mln).

Himoyachilar: Leyvin Kurzava («Pari Sen-Jermen», 27 yosh, € 12 mln), Yan Vertongen («Tottenxem Xotspur», 33 yosh, € 14,5 mln), Malang Sarr («Nissa», 21 yosh, € 16 mln), Toma Myonye («PSJ», 28 yosh, € 24 mln).

Yarim himoyachilar: Jakomo Bonaventura («Milan», 30 yosh, € 9,5 mln), Rayan Freyzer («Bornmut», 26 yosh, € 17,5 mln), Villian («Chelsi», 31 yosh, € 22,5 mln), David Silva («Manchester Siti», 34 yosh, € 12 mln).

Hujumchilar: Dris Mertens («Napoli», 33 yosh, € 20 mln), Edinson Kavani («Pari Sen-Jermen», 33 yosh, € 20 mln).

Manba: championat.com

141   
Добавить комментарий
Ваше имя: *