Goal24.uz » O'zbekiston » Xayrulla Hamidov: Muxlislar... Muxlislarsiz kambeklar, kutilmagan natijalar bo‘lmaydi, klassda kuchli jamoa engaveradi

Xayrulla Hamidov: Muxlislar... Muxlislarsiz kambeklar, kutilmagan natijalar bo‘lmaydi, klassda kuchli jamoa engaveradi

Автор: admin

Kecha Germaniya chempionati 26-turidan o‘rin olgan "Borussiya D" - "Shalke" uchrashuvi o‘tkazildi. Bundesliganing restarti markaziy o‘yin bilan boshlandi. Bellashuv muxlislarsiz o‘tdi va mezbonlar yirik hisobda zafar quchishdi - 4:0.
Taniqli sharhlovchi Xayrulla Hamidov muxlislarsiz o‘yin qanday kechgani va tomoshabinlarning futbolga ta’siri borasida telegramdagi o‘zining sahifasida yozib qoldirdi.
Muxlislar... Muxlislarsiz kambeklar, kutilmagan natijalar bo‘lmaydi, klassda kuchli jamoa engaveradi. Shu "Borussiya" muxlislari bilan PSJni engib olgandi, javob o‘yinida bo‘m-bo‘sh stadionda Parij xotirjam yutdi.
Muxlislar - futbolni bir bosqich yuqoriga olib chiqqan xilqatdir. Tezroq muxlisli futbolga ham qaytaylik, - deya yozib qoldirdi Xayrulla Hamidov.

Davron Fayziev: Mbappeni Xolanddek qahramon bo‘lish imkonidan mahrum qilishdi


 

91   
Добавить комментарий
Ваше имя: *