Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Fransiya » «PSJ»da kim ortiqcha?

«PSJ»da kim ortiqcha?

Автор: admin

Parij klubi UEFAning moliyaviy feyr-pley qoidalariga roiya qilayotganiga qaramay, vaziyat ancha jiddiy. Ayniqsa, “Manchester Siti”dan so‘ng, «PSJ» ham tarkibni qayta ko‘rib chiqishiga to‘g‘ri keladi. Ayni damda klub 29 futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazgan bo‘lib, ularning maoshlari uchun katta summani tashkil qilmoqda. Xo‘sh, bu futbolchilarning qay biri zamonaviy «PSJ»ni tark etish uchun birinchi raqamli nomzod?
Serhio Riko yoki Alfonso Areola
Bugungi kunda Keylor Navas Parij klubi uchun birinchi raqamli darvozabonga aylanib bo‘ldi. Boz ustiga, uning shartnomasi 2023-yilga qadar mo‘ljallangan. Bu yana 3 mavsum davomida Keylor birinchi raqamli darvozabon bo‘ladi degani.
Shunday ekan, «PSJ» maoshni tejab qolish uchun Areola yoki Rikodan biriga “javob berib yuborishiga” to‘g‘ri keladi. Rikoni «PSJ» sotib olish sharti bilan ijaraga olgan. Alfonso esa mavsum so‘nggida ijaradan qaytib (“Real Madrid”dan) keladi. Shunday ekan, klub o‘zi uchun ikkinchi darvozabon kim bo‘lishini aniqlab olishi kerak. 3 ta yuqori darajadagi kiperni klubda olib qolishdan mantiq yo‘q.
Tiago Silva
Bir qarashda Silvani sotib yuborishga hojat yo‘qdek. U mashhur, ishonchli va jamoa sardori. Shunga qaramay, tanganing ikkinchi tomoni ham mavjud.Silva 35 ga qarab ketmoqda. Qo‘shimchasiga uning shartnomasi ham yakunlanib qoldi. Eng muhimi esa, ayni damda «PSJ»da naqd 7 ta markaziy himoyachi mavjud. Markinyos va iqtidorli Til Kererga o‘yin amaliyoti yetishmay qolmoqda. Diallo va Kimpembe haqidaku gapirmasa ham bo‘ladi. Bu futbolchilar o‘sib,top darajaga chiqishi uchun tarkibdan joy ajratish talab etiladi. Tiago o‘zi istamagan holda iqtidorli futbolchilarning yo‘lini to‘sib turibdi. Parij klubi yozda u bilan xayrlashish orqali yaqin 10 yil davomida markazni egallashga qodir futbolchilarni katta sahnaga olib chiqishi mumkin.
Leven Kurzava
Leven qanot himoyachisi sifatida raqobatni Xuan Bernatga boy berib bo‘ldi. Shunga qaramay, uning maoshi Xuannikidan bir muncha balandroq. Bozustiga, Diallo ham sekin-asta qanot himoyasida ishonchli ko‘rinishni boshladi. Bunday vaziyatda, UEFA qoidalariga zid yo‘l tutmasdan Kurzavani transferga qo‘yish klub uchun foydali bo‘ladi. «PSJ» har bir pozisiya uchun naqd 3 tadan futbolchini jamoada saqlab turishda davom etsa, tez orada “Manchester Siti”ning kuni boshiga tushishi mumkin.
Toma MYEnye
Belgiyalik futbolchi ishonchli o‘yin ko‘rsatishda davom etmoqda. Shunga qaramay, uning shartnomasi ham tez orada yakuniga yetadi. Uning pozisiyasi bo‘shashini sayyoramizning eng iqtidorli futbolchilaridan biri – Kolin Dagba kutib turibdi. Fransiyalik fulbek Tomani kuta-kuta 21 yoshni ham “urib” qo‘ydi. Menye o‘zining pik formasiga chiqib bo‘ldi. Endi uning o‘yinida faqat pasayish kuzatilishi mumkin. U bundan ortig‘ini namoyish eta olmaydi. Kolin Dagba esa aksicha, endi katta futbolga kirib kelayotgan,sovrinlarga o‘ch futbolchi. Agar «PSJ» ularni rokirovka qilsa foydadan holi bo‘lmaydi. Agar «PSJ» Dalga uchun talab qilinayotgan o‘yin amaliyotini taqdim etmasa, uni klubda olib qolishning iloji yo‘q. Ayniqsa, yosh futbolchi bilan “Borussiya Dortmund” qiziqib qolgan bir payda tavakkal qilishga hojat yo‘q.
Leandro Paredes
Veratti va Gaye asosiy tarkib futbolchisiga aylanib bo‘ldi. Agar Tuxel o‘yinga 4-3-3 sxemasini tanlasa, Di Mariyauchinchi yarim himoyachi vazifasini o‘tab berishini istamoqda. Hatto Markinyos ham markaziy himoyachiga aylanishi mumkin. Bunday paytda Di Mariyaga ham yarim himoyada joy topilmay qoladi. Xo‘sh,bunday zich tanlovda Leandro Peredesni klubda olib qolishdan nima foyda? Argentinalik futbolchi to‘p uchun kurashda vajamoaviy pressingda juda bo‘sh o‘yin ko‘rsatadi. Afsuski, qahramonimiz “Zenit”da namoyish etgan klass “Liga 1” uchun kamlik qildi. Paredes faoliyatini qayta tiklab olishi uchun ham yozda ketishi kerak.
Ander Errera
Errera maydon markazida universal futbol namoyish etishi mumkin, biroq u klassik tayanch yarim himoyachisi emas. Ayniqsa,uning jismonan baquvvat emasligi ham unga pand bermoqda. “Liga 1”dagi baland bo‘yli yigitlar Errerani bir necha bor markazdan chetga “surib” tashlagach, TomasTuxel uni zaxira o‘rindig‘iga olishga majbur bo‘ldi. Ayni damda, jamoada yarim himoyachilar ko‘p, lekin himoyachilarga ulardan naf bo‘lmayapti. Shu sababli,Markinyos himoyaga yaqinroq joydan o‘rin olmoqda. Agar klub ispaniyalik futbolchini transferga qo‘ysa, uning o‘rniga sifatli markaz futbolchisi xarid qilishi mumkin. Shu orqali jamoa Tiago Silvaning o‘rnini Markinyos bilan ortiqcha qiyinchiliksiz to‘ldirishi mumkin.
Yulian Draksler
Iqtidorli nemis futbolchisiParijda,kutilganidek,dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishni uddalay olmadi. Yulian tez orada 27 yoshni qarshi oladi. Endi u kelajakda meva beruvchi daraxt emas. Afsuski, JCH g‘olibligidan so‘ng, Draksler futbolchi sifatida o‘sishdan to‘xtab qoldi. Uning raqobatdoshi Sarabiya esa, kamroq maoshga ham undan qolishmayapti. Boz ustiga, u yoshroq va g‘alabalarga o‘ch. Bunday vaziyatda Drakslerni sotib yuborish eng to‘g‘ri variant. Bundan tashqari, klub akademiyasidan ham iqtidorli futbolchilar yetishib chiqmoqda. Ularga ham hech bo‘lmasa kubokuchrashuvlarida imkoniyat berish lozim. Buning uchun tarkibda kichik “tozalov”ni amalga oshirish talab etiladi.
132   
Добавить комментарий
Ваше имя: *