Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » "Chelsi" Sarrining "yoqimtoyi"ga narx belgiladi

"Chelsi" Sarrining "yoqimtoyi"ga narx belgiladi

Автор: admin

"Chelsi" o‘zining italiyalik yarim himoyachisi Jorjinoni qanchaga sotishini ma’lum qildi.
Tuttosport nashri tarqatgan xabarga qaraganda, “aristokratlar” 28 yoshli futbolchini 70 mln evroga baholamoqda. Uni esa shaxsan turinliklar ustozi Mauritsio Sarri tarkibda ko‘rishni xohlamoqda. Boisi, Jorjino “Chelsi” va “Napoli” safida aynan Sarri qo‘l ostida to‘p surgan.
Jorjino joriy mavsum “Chelsi” safida 37 ta o‘yinda maydonga tushdi va 7 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

99   
Добавить комментарий
Ваше имя: *