Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Jezus “Yuventus”da Ronalduning o‘rnini egallaydi

Jezus “Yuventus”da Ronalduning o‘rnini egallaydi

Автор: admin

“Yuventus” bosh murabbiyi Mauritsio Sarri jamoa hujumini kuchaytirish maqsadida “Manchester Siti ” forvardi Gabriel Jezusni olib kelmoqchi.
Sarri iste’dodli yosh futbolchidan jamoaning asosiy goleadori sifatida foydalanmoqchi va uni markaziy hujumchi ampluasida o‘ynatishni rejalashtirgan. Agar bu ish ijobiy amalga oshsa, Jezus “Yuventus”ning asosiy to‘purari bo‘ladi. Ayni paytda esa turinliklarning aksariyat golini Krishtianu Ronaldu urmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, Krishtianu har doim ham yuqori saviyali o‘yin namoyish etolmayapti.
O‘z navbatida, “Manchester Siti” vakillari o‘z tarkibida “Yuventus”ning koronavirusdan tuzalgan hujumchisi  Paulo Dibalani ko‘rmoqchi. Har ikki jamoa o‘zaro futbolchi almashtirishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.

111   
Добавить комментарий
Ваше имя: *