Goal24.uz » Video lavhalar » «Bugun biz sovrinlar uchun emas, yanada muhimroq narsa uchun o‘ynaymiz». Ronaldu rolik namoyish etdi (video)

«Bugun biz sovrinlar uchun emas, yanada muhimroq narsa uchun o‘ynaymiz». Ronaldu rolik namoyish etdi (video)

Автор: admin

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu #PlayForTheWorld (jahon uchun o‘yna) kampaniyasiga qo‘shildi va o‘zining faoliyatidan ayrim lavhalardan tuzilgan rolikni namoyish etdi.

«Bugun biz sovrinlar uchun emas, yanada muhimroq narsa uchun o‘ynaymiz», — deya izoh berdi portugaliyalik futbolchi.

«Men yuzlab insonlar uchun o‘ynadim. Men minglab insonlar uchun o‘ynadim. Men millionlab insonlar uchun o‘ynadim. Bugun esa men, barcha kabi 7,8 milliard insonlar uchun o‘ynayman. Bu imkoniyat. Jahon uchun o‘yna», — deyiladi videorolikda.

Eslatib o‘tamiz, Italiya chempionati koronavirus pandemiyasi tufayli to‘xtatilgan. Jamoalar 18 may sanasidan jamoaviy mashg‘ulotlarga kirishishadi. Mavsum esa 13 may kuni boshlanishi kutilmoqda.

[media=|https://www.instagram.com/cristiano/?utm_source=ig_embed]
66   
Добавить комментарий
Ваше имя: *